So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  0 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  2 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  8 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  8 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  17 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  6 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3

Ro'ziqul Berdiev: “Biz hozir OCHL-2018 qurasini kutayapmiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Biz hozir OCHL-2018 qurasini kutayapmiz”

“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Bugun shunday o'yin bo'lishi oldindan malum edi. Biz ko'proq qarshi hujumlarda harakat qildik va gol urish uchun vaziyatlarga ham ega bo'ldik. Lekin o'yinchilarimizda gol urishga sovuqqonlik etishmadi. O'yinchilarimizga ko'rsatma berganimizda, “Navbahor” jamoasi standart vaziyatlardan ko'proq foydalanishini uqtirgan edik. O'yin oxirida shunday vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Agar bugungi o'yinda maydonga tushgan tarkibimizga etibor bersak, bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'satishdi, shaxsan o'zim bundan qoniqish hosil qildim. Ular ijobiy natija uchun bor kuchlarini berib o'ynashdi.

Rejalarimiz? Biz hozir OCHL-2018 qurasini kutayapmiz, shundan so'ng yangi mavsum tayyorgarligi rejasiga aniqlik kiritamiz. Hozircha shunisi malumki, dekabr oyining o'rtalarida yig'inni boshlaymiz. Albatta tarkibimizda o'zgarishlar ham bo'ladi. Bu tabiiy hol. Hozircha bu haqda aniq malumot bera olmayman. Bizga yaxshi o'yinchilar kerak, agar OCHLda qatnashadigan bo'lsak, tarkibimizni yanada kuchaytirishimizga to'g'ri keladi. Bizga ikkita bir xil tarkib kerak bo'ldi.

Bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz tarkibida o'ynagan barcha futbolchilarimizdan mamnunman, bu yil biz ularning ishtirokida yaxshi natijani qo'lga kirita oldik.

Bu yilgi chempionat har qachongidan yaxshiroq o'tdi. O'ylaymanki, bo'lib o'tgan va bugungidek uchrashuvlar muxlislarimiz uchun xuddi bayramdek, mana shunday uchrashuvlar ko'proq bo'lishini tarafdoriman. Qanchalik chempionatimizda kurashlarga boy uchrashuvlar ko'paysa, bu muxlislar uchun ham, futbolchilarimiz uchun ham foydali.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика