So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  1 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz"

O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin og'ir kechdi deya olaman. "Andijon" jamoasining katta ishtiyoq bilan o'ynaganini ko'rdik. Maqsadimiz navbatdagi bosqichga yo'llanma olish edi. G'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Maydonda haqiqiy kurash kechdi. Uzun paslar bilan harakat qilganimizga sabab sifatida maydon holatining og'irligini ko'rsatgan bo'lardim. Vaziyatlar ko'p bo'lmadi, bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.

Turnir jadvalining quiydagi jamoalar bilan negadir qiynalmoqdamiz. Superliga bahslarida ham "Buxoro", "Andijon" kabi jamoalar bilan og'ir o'yin o'tkazgan edik. Bugun o'tgan o'yindan yaxshi o'ynadik.

Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz. Bu futbolchilarning tanlovi. Biz hozirgi sharoitda rahbariyatdan jamoaning o'zagini saqlab qolishni so'ramoqdamiz. CHunki, "Nasaf" har yili yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Balki keyingi mavsum xalqaro maydonda ham ishtirok etishimiz mumkin. Jamoadagi o'yinchilarni almashtirish murabbiylarning rejasida yo'q.

Superligaga o'tish o'yini qachon bo'lishi haqida xabarim yo'q. Bu o'yin kurashlarga boy bo'ladi. "Neftchi" - "Andijon" o'yini men uchun ham qiziq.

Biz chempionlik uchun kurashmoqchi, xalqaro o'yinlarda munosib ishtirok etmoqchi bo'lsak tarkibni yanada kuchaytirishimiz kerak",- deydi Ro'ziqul Berdiev.



Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика