Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limdagi hisob ortiqcha xotirjamlik berdi"
24 apr 00:05
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limdagi hisob ortiqcha xotirjamlik berdi"
O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan OKMK - “Nasaf” (3:2) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun haqiqiy Kubok o'yini guvohiga aylandik. Birinchi bo'limdagi hisob bizga keragidan ortiqcha xotirjamlik berdi. OKMK oxirigacha kurashadigan jamoa ekanligi haqida yigitlarga aytgan edim. Raqibimiz o'z xarakterini namoyish etdi va ikkinchi taymdagi o'yini sababli g'alabani ilib ketdi. Raqibnm g'alaba bilan tabriklayman" - deya fikr bildirdi Ro'ziqul Sadullaevich bahs yakunlangach.
O’xshash yangiliklar
03:23
Avazbek O'lmasaliev: "OKMK uchun kambek yangilik emas, bu "Real" kabi odatiy holga aylangan" 1

Fikrlar