So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  2 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  5 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

Ro'ziqul Berdiev: “Barchasi rejadagidek ketmoqda” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Barchasi rejadagidek ketmoqda”

Nasaf klubi kecha navbatdagi qishki tayyorgarlik bosqichini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketdi.
U erda bir qator nazorat o'yinlari tashkil etiladi. Ajdarlar Osiyo CHempionlar ligasida munosib ishtirok etish maqsadida musobaqaga har jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilishmoqda. Safar oldidan bosh murabbiy bilan bog'lanib bo'lajak yig'in va tarkibdagi o'zgarishlar xususida gaplashdik.

- Tayyorgarligimizning  navbatdagi bosqichini Turkiyada davom ettiramiz - deydi, Ro'ziqul Sadullaevich. - Rejamiz bo'yicha u erda oltita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmoqchimiz. Ozarbayjon, Gruziya, Polsha, Slovakiya jamoalari bilan bellashishimiz aniq bo'lib ulgurgan. Oxirgi ikkita o'yinimizni qaysi klublarga qarshi o'tkazishimiz hozircha aniq emas.

- U erda asosiy etibor nazorat bahslariga qaratiladimi?
- Ha, asosiy etibor o'yin amaliyotini yaxshilashga qaratiladi. Jismoniy tayyorgarlikka ham jiddiy qaraymiz. Qolaversa, futbolchilarning texnik va taktik jihatlarini ham etibordan chetda qochirmaymiz.

- Oleksandr Koblash va Bahrom Abdurahimovdan boshqa yangi o'yinchilar qo'shilmaydimi?
- Rejamizda yana bitta futbolchini taklif qilish bor. Turkiyadagi yig'inda ukrainalik o'yinchini ko'rikdan o'tish uchun chaqirganmiz. U markaziy yarim himoyachi vazifasida o'ynaydi.

- Nasafga qaytgan Erkin Boydullaev ham  shartnoma tuzdimi?
- Nafaqat u, balki barcha o'yinchilar bilan shartnomalar tuzdik.  

- Klubni tark etganlar haqida aniq malumot ayta olasizmi?
- Igor Taran bilan Laziz Ubaydullaev SHo'rtan jamoasiga o'tib ketishdi. Mixail Naumov ham boshqa klubga ketsa kerak. Unga qiziqish bildirayotgan jamoalar ko'p. qolaversa, Ulug'bek Dadaboevni ijaraga beramiz.

- Uni qaysi klubga bermoqchisizlar?
- Hozircha unga talabgorlar ko'p. Tez orada bu masalaga ham oydinlik kiritamiz.

- Hozirda barcha o'y-hayollaringiz jamoangizning tayyorgarligiga qaratilganmi? Yoki raqiblarni ham o'rganib boryapsizmi?
- Ko'proq jamoamizning tayyorgarligiga etibor  qaratyapmiz. Bu borada hammasi rejamiz asosida o'tmoqda. Muammolarga duch kelganimiz yo'q. Buxoro bilan Qo'qon-1912ga qarshi ikkita o'yin o'tkazishimiz kerak edi va bularni amalga oshirdik. Raqiblarni o'rganishda  ham davom etyapmiz. Masalan, Eron chempionati fevralda boshlanadi. SHundan keyingina ularning yakuniy tarkibini bilib olishimiz mumkin. Bungacha ularda futbolchilar borasida o'zgarishlar bo'lishi ham mumkin.

- Tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urmadingiz. Bundan chiqdi, jiddiy islohotlarga muhtoj emasdi, shundaymi?
- Katta o'zgarishga qo'l urish uchun imkoniyat chegaralanmagan bo'lishi kerak. SHu bois tarkibimizdagi o'yinchilarni saqlab qolishga harakat qildik. Rejamiz bo'yicha olishimiz kerak bo'lgan ikki nafar futbolchini qo'lga kiritdik. Boya aytganimdek, Turkiyadagi yig'inda yana bir o'yinchini ko'zdan kechiramiz. Agar o'sha yarim himoyachining harakatlari bizga maqul kelsa, u bilan ham shartnoma tuzamiz.

- Koblash bilan Abdurahimov haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edim.

- Albatta, ularni kuzatib kelayotgandik. Bahrom Andijon tarkibida eng ko'p o'ynagan futbolchilardan biri. SHubhasiz, jamoasining etakchisi hisoblanardi. Uning iqtidori yaxshi, texnikasi juda yuqori. Biz o'yinchi taklif qilishda shunday yo'l tutdikki, etakchi klublarda to'p surayotgan futbolchilarni emas, balki o'rtamiyona jamoalarda o'ynayotgan etakchi futbolchilarni jalb qilishni xohladik. Koblash haqida to'xtaladigan bo'lsak, uning ham o'yinlarini diqqat bilan kuzatganmiz. Uning faqatgina gol urishi emas, balki boshqa jihatlari bilan ham bizni qiziqtirdi. U yakkakurashlarda raqiblariga yutqazmaydi. Yana albatta 2-3 ta o'yinchiga ega bo'lishni istardik.

Lekin bizning siyosatimiz bir yillik emas, uzoq yillikni o'z ichiga oladi. SHuningdek, eshitgan bo'lsangiz akademiyamiz va o'rinbosarlar tarkibimizdan ham istedodli yoshlarni asosiy jamoaga jalb etdik. Tanlagan yo'limiz bo'yicha ishlashda davom etamiz.  Jamoa etakchisi va sardori Artur Gevorkyan Turkmanistonga ketgan va u jamoa yig'iniga Turkiyada qo'shiladi. SHuningdek, milliy terma jamoa bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgan Farruh Sayfiev, Eldor Suyunov va SHuhrat Muhammadiev ham musobaqadan keyin klub ixtiyoriga qaytadilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика