Ro'ziqul Berdiev: “Al-Ahli"da jamoaviy o'yin shakllangan”
03 mar 2015 14:01
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Al-Ahli"da jamoaviy o'yin shakllangan”
“Al-Ahli” – “Nasaf” o'yinoldi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etishdi.
- Raqibmiz kuchli jamoa. Ularni hurmat qilgan holda, biz ham ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Raqibimizni Dubayda “Al-Ahli”ga qarshi o'yini va yana milliy chempionatda o'tkazgan so'nggi uchrashuvlarini tahlil qilib chiqdik. Jamoa o'z kuchiga ega. Tarkibda saviyali futbolchilar etarli. SHunga qaramay biz ertangi o'yinda faqat uch ochko uchun maydonga chiqamiz. Raqibimizni jamoa sifatida kuchli deb aytish mumkin. Ular tarkibida milliy terma jamoa azolari bor... O'yindan uch kun ilgari Jiddaga kelib mashg'ulotlar o'tkazayapmiz. O'ylaymanki, ob-havo tezkor futbol o'ynashimiz uchun halaqit qilmaydi, - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Fikrlar