So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Ro'ziqul Berdiev 3ta o'yinga diskvalifikaciya va Maxaradzega intizom chorasi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev 3ta o'yinga diskvalifikaciya va Maxaradzega intizom chorasi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

"Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.


«Neftchi» — «Qizilqum»

O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan «Neftchi» — «Qizilqum» bahsi yakuniga etganidan so'ng mehmonlar futbolchisi Ignatiy Nesterov muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ignatiy Nesterovga («Qizilqum») nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


«Nasaf» — «Lokomotiv»

O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv — «Nasaf» va «Lokomotiv» jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlanganidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan. SHunda so'ng murabbiy hakamni turtib yuborgan, bu esa «Nasaf» klubining boshqa azolari tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ro'ziqul Berdievga («Nasaf») nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima, shuningdek, «Nasaf» klubiga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo'llanildi.


AGMK — «Surxon»

Superliga doirasidagi AGMK va «Surxon» uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Angel Lopes Perez AGMK klubi mamurining bel qismidan itargan va raqib jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qo'l uzatgan paytda «No respect» deya baqirib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Angel Lopes Perezga («Surxon») nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


«Andijon» — AGMK

O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan «Andijon» — AGMK bahsida mezbonlar muxlislari tomonidan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov zaxiraga olingan paytda uning shaniga haqoratli so'zlar ishlatilgan. Uchrashuv yakuniga etganidan so'ng muxlislar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, «Andijon» futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazish intizom chorasi qo'llanildi.


«Nasaf» — «Lokomotiv»

O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan «Nasaf» — «Lokomotiv» bahsining 42-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kahi Maxaradze uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqiblarining oldiga yugurib kelib ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. SHuningdek, «Nasaf» klubi vakillari Azamat Soyibov va Umidjon Ergashev hamda «Lokomotiv» futbolchisi Asilbek Amanovlar texnik zonani tark etib, provokacion harakatlar qilishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kahi Maxaradze, Asilbek Amanov («Lokomotiv») hamda Azamat Soyibov va Umidjon Ergashevga («Nasaf») nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari” — «Paxtakor»

O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan “Navbahor lochinlari” — «Paxtakor» bahsining 92-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Davron Rahimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga yugurib chiqqan va ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Davron Rahimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


«Nasaf farm» — «Bunyodkor farm»

Birinchi liga 17-turidan o'rin olgan «Nasaf farm» — «Bunyodkor farm» uchrashuvining 51-daqiqasida «Nasaf farm» futbolchisi Anvar Turobov uchrashuv to'xtab turgan vaqtda raqib o'yinchisining yuz qismiga kafti bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Anvar Turobovga («Nasaf farm») nisbatan 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«Aral» — «SHahrixonchi»

Birinchi liga 17-turidan o'rin olgan «Aral» — «SHahrixonchi» uchrashuvining 3-daqiqasida «SHahrixonchi» jamoasi futbolchisi Jamshid Qobulov oyog'ining tag qismi bilan raqibining elka va bo'yin qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jamshid Qobulovga («SHahrixonchi») nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«Aral» — «Qumqo'rg'on-1977»

Birinchi liga 16-turidan o'rin olgan «Aral» — «Qumqo'rg'on-1977» uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kamronbek Abdullaev raqibining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kamronbek Abdullaevga («Qumqo'rg'on-1977») nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«Bunyodkor» — «Paxtakor»

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Paxtakor» bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi SHohruhxon Muxsinov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHohruhxon Muxsinovga («Bunyodkor») nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«Andijon» — «Qo'qon-1912»

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi «Andijon» — «Qo'qon-1912» bahsining 70-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Boxirbek Bo'riev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Boxirbek Bo'rievga («Qo'qon-1912») nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«So'g'diyona» — «Mashal»

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi «So'g'diyona» — «Mashal» bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Komoliddin Karimov raqibiga qo'li bilan zarba bergan, 72-daqiqada esa Otabek Ahadov bosh hakamning oyoq qismiga tepgan. 81-daqiqada «Mashal» futbolchisi Arturbek Sadullaev raqib futbolchisining bo'yin qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Komoliddin Karimov va Otabek Ahadov (har ikkisi «So'g'diyona») hamda Arturbek Sadullaevga («Mashal») nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


«Dinamo» — «Surxon»

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi «Dinamo» — «Surxon» bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Oybek Hamraqulov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib futbolchisi Jamshid Saydullaevning ko'krak qismiga zarba bergan. Bunga javoban u Hamraqulovning yuz qismiga zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oybek Hamraqulov («Dinamo») va Jamshid Saydullaevning («Surxon») har ikkisiga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


AGMK — «Navbahor»

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi AGMK — «Navbahor» bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburxo'ja Zokirxo'jaev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba oyog'ining tag qismi bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Boburxo'ja Zokirxo'jaevga (AGMK) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


FUTZAL


«Maksam CHirchiq» — «Paxtakor»

Futzal Oliy ligasining 1-turidan o'rin olgan «Maksam CHirchiq» — «Paxtakor» uchrashuvining 18-daqiqasida mehmonlar vakili Muhammad Zoirov raqibining qorin qismiga ataylab zarba bergan. SHuningdek, mezbonlar vakili Javlon Anorov esa Muhammad Zoirovning yuz qismiga qo'li bilan zarba berishga uringan. Ularning har ikkalasi maydondan chetlashtirilgan.

Bundan tashqari, tanaffus paytida «Paxtakor» vakili Ilxom Komilov raqib futbolchisi Abdulla Miyassarovning yuz qismiga mushti bilan zarba berib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan. «Paxtakor»ning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchisi Sevatyan Mojaev muxlislar o'rindig'ini tark etib, futbolchilar oldiga yugurib kelgan va raqibining yuz qismiga musht bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javlon Anorov («Maksam CHirchiq») 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. «Maksam CHirchiq» jamoasiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qo'llanildi.

SHuningdek, «Paxtakor» vakillari Muhammad Zoirov (3ta), Ilhom Komilov (5ta) va Sevastyan Mojaev (5ta) navbatdagi tur uchrashuvlarida diskvalifikaciya sababli ishtirok eta olmaydi. «Paxtakor» jamoasiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qo'llanildi.


AGMK — «Bunyodkor»

Futzal Oliy ligasining 1-turidan o'rin olgan AGMK — «Bunyodkor» uchrashuvida Davlat Ibragimov va Umidjon Zayniddinovlar o'zaro janjallashib, bir birining shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Davlat Ibragimov (AGMK) va Umidjon Zayniddinovning («Bunyodkor») har ikkisiga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og'ir-vazmin va professional bo'lishga chaqiramiz. SHu o'rinda Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun o'rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!, — deyiladi xabarda.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика