So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  10 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Ro'zimboy Ahmedov: “Buxoro” bilan uyimizda o'ynayotganimiz bizga ustunlik beradi” Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: “Buxoro” bilan uyimizda o'ynayotganimiz bizga ustunlik beradi”

Oliy liganing 20-turida “Andijon” o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. Mazkur o'yindan oldin “burgutlar”ning tajribali hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Vodiy derbisi qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng bugungi uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlik haqida nima deysiz?
- “Neftchi”  bilan o'yinda ko'p kuch yo'qotdik deb o'ylayman. CHunki bu kabi derbi bahslarida ikki hissa kuch bilan o'ynaysiz. Oson o'yin bo'lmadi. Og'ir o'tgan bahsdan so'ng o'zimizga kelib olish uchun vaqt kerak edi. “Buxoro” bilan o'yinga qadar orada biroz tanaffus bor edi va bo'lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Uyimizda o'ynayotganimiz  bizga ustunlik beradi. To'g'ri, oson o'yin bo'lmaydi. Lekin qo'ldan kelganicha xarakat qilib, bor kuchni ishga solamiz.

- “Buxoro ” jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- “Buxoro” hozirgi kunda chempionatimizdagi kuchli jamoalardan biridir. Etiborgan bersangiz, joriy yil tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirishga erishdi. Tajribali o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Bizning oldimizdagi maqsad esa bitta-qaysi jamoa bo'lmasin faqat g'alaba qozonish. Qolaversa ashaddiy ishqibozlarimiz ham har bir bahsda jamoadan faqat g'alaba kutadi.

- Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami arafasida turibmiz. Bayram tabriklari bo'lsa marhamat.

- Eng ulug', eng aziz bayramimiz oldidan butun O'zbekiston ahlini tabriklayman! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin. Xalqimizga eng samimiy va yaxshi tilaklarni tilayman. Xonadonlaringizdan fayz va baraka arimasin. Bunday bayramlarni ko'pini ko'rib yuraylik. Biz futbolchilar faqat g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qilish nasib qilsin.

- Hujumchi bo'lganingiz uchun muxlislar sizdan doim gol kutadi...

-“Andijon” safidagi ilk golimni “Lokomotiv” bilan o'yinda kiritgandim. Nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda ham o'z gollarim bilan jamoamga foyda keltirib, muxlislarni quvontiraman degan umiddaman. O'ylaymanki bu borada jamoadoshlarim meni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.  
 
Dildora Xolboeva suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика