Roy Rok: "Ko'p narsa keyingi haftada hal bo'ladi"
05 jan 2016 13:35
Yangiliklar
Roy Rok: "Ko'p narsa keyingi haftada hal bo'ladi"
Roy Rok o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini tibbiy tekshiruvdan o'ta olmaganligi sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi. Biz Slovakiyada bo'lib turgan tajribali himoyachining fikrlari va rejalari bilan qiziqdik.
- Salom, Roy, ishlar yaxshimi?
- O'zbekistonga mendan alangalik salom!
- Nima yangiliklar?
- Ayni paytda men erkin agent maqomiga egaman. "Nasaf" bilan o'rtadagi shartnoma tugagan. Jamoa men bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirgan.
- "Nasaf"dan chaqiruv bo'lyaptimi?
- Hozircha aniq bir narsa deb bo'lmaydi. Ko'p narsa keyingi haftada malum bo'lishi kerak.
- Boshqa jamoalardan ham takliflar bormi?
- Hozircha faqat "Nasaf" bilan aloqadaman. Yakunda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
- "Nasaf"da o'tgan mavsumda eng yaxshi futbolchi deb kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Edik (Erkin Boydullaev) va Ara (Artur Gevorkyan) juda kuchli futbolchilar. Aynan shu ikki futbolchi jamoaning o'yinini tashkil etishda juda muhim rolni bajarishadi. Umuman "Nasaf" jamoaviy katta kuchga ega. Barcha juda yaxshi harakatlana oladi. "Nasaf"da eng avvalo jamoa kuchli degan bo'lardim. Sababi, barcha futbolchilar juda katta mahorat va salohiyatga ega. Darvozabondan tortib hujum chizig'idagilargacha.
- Demak hammasi keyingi haftada hal bo'lishi kerak...
- Ha, yangilik bo'lishi kerak. Kutamiz.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar