Roy Kin "Tottenxem"ning qanot himoyachilari haqida: "Ahmoqlar"
28 okt 2019 11:07
Yangiliklar


Roy Kin "Tottenxem"ning qanot himoyachilari haqida: "Ahmoqlar"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin "Tottenxem"ning "Liverpul"ga o'yindagi qanot himoyachilarini tanqid qildi.
"Ular dabdala edilar va juda yomon o'ynadilar. Bu ahmoqlarni "Liverpul"ning ikki qanot himoyachilari (Trent Aleksandr-Arnold va Endi Robertson) bilan solishtirib bo'lmaydi.
"Liverpul" qanot himoyachilari ajoyib tarzda o'ynashdi. Ha, ular himoya bobida kuchayishlari mumkin, ammo hujumda bir so'z deb bo'lmaydi.
"Tottenxem" himoyachilari esa shunchaki dahshatli o'ynashdi", - deydi Roy Kin.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" va "Tottenxem" o'rtasidagi o'yinda mezbonlar hisobda ortda bora turib iroda namoyish etgan holda g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar