Roy Kin: "Ronalduning MYUga kelgani yaxshi, lekin jamoa chempionlikka tayyor emas"
29 avg 2021 22:23
Yangiliklar
Roy Kin: "Ronalduning MYUga kelgani yaxshi, lekin jamoa chempionlikka tayyor emas"
"Menimcha, bu "Manchester Yunayted", uning muxlislari va APL uchun ajoyib yangilik. Men uning jahon darajasidagi futbolchi bo'lib qolishiga shubha qilmayman.
Biz uni Evropa chempionati to'purari bo'lganini ko'rdik va u boshi uzra bo'lajak jahon chempionati kubogini ko'tarishni xohlaydi.
U aqlli yigit. Ronaldu "Manchester Yunayted"ga sovrinlar uchun qaytadi. Menimcha, u katta yutuqlarga erishishda yordam bera olmaydi, sababi jamoaning yarim himoyasidagi muammolari hali ham mavjud, lekin jamoa Angliya Liga Kubogi yoki Angliya Kubogi qo'lga kiritishi mumkin.
Albatta, u ko'proq narsani xohlaydi, u g'olibona mentalitetga ega va jismoniy holatini saqlab qola oladi. Qolaversa, Krishtianu men bilgan eng aqlli futbolchilardan biri. U o'z o'yinini qanday nazorat qilishni biladi va tabiatan g'olibona ruhga ega.
U tabiatan chempion bo'lib dunyoga kelgan, dam olishni xohlamaydi. Ronaldu yoshlarga o'rnak bo'la oladi — u bebaho.
Uning transferi jamoa uchun ijobiy holat, lekin hali "Manchester Yunayted" chempionlikni qo'lga kiritishga tayyor emas, ular etakchilar bilan oradagi farqni qisqartira olmaydi", — deydi Kin.
Fikrlar