Roy Kin: "PSJga omad kulib boqmadi"
09 mar 2018 12:46
Yangiliklar


Roy Kin: "PSJga omad kulib boqmadi"
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Roy Kin PSJni ECHLdan chiqib ketgani uchun tanqid qilmadi.
"Joriy masum PSJga omad kulib boqmadi deb o'ylayman. Qarang, ular "Bavariya" bilan bir guruhda birinchi bo'lishdi. Keyin ularga kim tushdi? "Real" - CHempionlar ligasining oxirgi g'olibi. O'yinchilarni tinch qo'ying. Birinchi o'yinda PSJ faqatgina 5 daqiqa yomon o'ynadi. Ikkinchisida esa Neymar yo'q edi va qizil kartochka ko'rsatildi. Bunday holatlarda omad kerak. Men tanqid qila olmayman", - dedi Kin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar