Roy Kin: "Foden va Reshford yaxshi taassurot qoldirmadi"
22 mar 2025 16:02
Yangiliklar
Roy Kin: "Foden va Reshford yaxshi taassurot qoldirmadi"
Roy Kin Fil Fodenning Angliya terma jamoasidagi o'yinini tanqid qildi.
"Menimcha, unda o'ziga ishonch etishmaydi. Uning "Manchester Siti"dagi formasi yaxshi emas. Har safar Foden to'pni olganda, undan foydali harakatni kutmayman.
Siz o'yinga turli uslublar bilan tasir ko'rsatishingiz mumkin, Albaniyaga qarshi o'yinda Fil buni qila olmadi. Foden JCHda o'ynamaydi.
Agar siz hujumkor futbolchilardan biri bo'lsangiz va ustunlik siz tomonda bo'lsa, lekin darvozaga zarba bermasangiz bu xafsalani pir qiladi.
Yaxshi taassurot qoldirish kerak, Reshford va Foden esa buni qila olmadi — dedi "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Kin.
JCH-2026 saralash bosqichidagi birinchi o'yinda Angliya Albaniyani (2:0) mag'lub etdi. Foden va Reshford 74-daqiqada maydonni tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar