Roy Kin: "Agar Azar bilan bir jamoada o'ynaganimda, yaxshilab tushirgan bo'lar edim"
18 fev 2016 15:18
Yangiliklar
Roy Kin: "Agar Azar bilan bir jamoada o'ynaganimda, yaxshilab tushirgan bo'lar edim"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kinning fikricha, "CHelsi" futbolchisi Eden Azar o'zini tutishiga biroz etibor berishi kerak.
"Men haqiqatdan ham bunday futbolchilarni tushunmayman. O'tgan yili u ajoyib o'yin ko'rsatgan, keyin esa yangi shartnoma imzolab biroz bo'shashdi.
Agar men uning jamoadoshi bo'lganimda, unga yaxshilab tushirgan bo'lar edim. Katta futbolchilar uni mashg'ulotda ishlashga majbur qilishi lozim. To'g'ri, Azar iqtidorli yigit, ammo uning feli kichik yoshdagi bolakaynikiga o'xshaydi" - deydi Kin.
Fikrlar