Roxo: "Manchester Yunayted" van Gal qo'l ostida sovrinlarni qo'lga kiritadi"
04 iyu 2015 11:41
Yangiliklar


Roxo: "Manchester Yunayted" van Gal qo'l ostida sovrinlarni qo'lga kiritadi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxoning fikricha, mankunianlar Lui van Gal qo'l ostida albatta sovrin qo'lga kiritadi.
"Van Galni "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyat kutib turibdi. Bu borada hech qanday shubham yo'q. Uning qo'l ostidagi birinchi mashg'ulotdan so'ng u g'olib murabbiy ekanligini bilganman. U juda talabchan. Van Gal faqat jamoani kuchaytirish haqida o'ylamaydi, u seni shaxs sifatida ham rivojlantiradi. U tufayli kuchliroq futbolchiga aylandim. Talabchanlik - bu haqiqiy g'olibning sifati va tez orada "Manchester Yunayted" uning qo'l ostida sovrinlar qo'lga kiritadi" - deydi Roxo.

Fikrlar