“Rostov” SHomurodovning o'rnini to'ldirish uchun “Lokomotiv M” hujumchisi bilan muzokara o'tkazmoqda
29 sen 2020 21:25
Yangiliklar


“Rostov” SHomurodovning o'rnini to'ldirish uchun “Lokomotiv M” hujumchisi bilan muzokara o'tkazmoqda
“Temiryo'lchilar” forvardi Luka Jorjevich “Rostov”ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi va donliklar u bilan muzokara olib bormoqda.
Eldor SHomurodovning “Jenoa”ga transfer bo'lish varianti tufayli Jorjevichga qiziqish paydo bo'ldi. O'zbekistonlik forvard A Seriyaga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Mazkur transfer amalga oshsa, Luka Jorjevich “Rostov”ga keladi.
Eslatib o'tamiz, chernogoriyalik futbolchi o'tgan yili "Loko" azosiga aylanib, RPLda 4 ta o'yin o'tkazgan holda bitta pas berishga erishgandi. U 2019 yilning oktyabrida tizza paylarini shikastlab olgani sabab, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar