So’nggi yangiliklar

19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  0 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  4 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  0 17:43Венгер: "Менимча, Клублар ўртасидаги ЖЧ зарур"  0 17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  0 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  18 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  1 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  8 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  5 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  5 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  8 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1

"Rostov" "Rubin"ni mag'lub etdi, SHomurodov gol urdi Yangiliklar

"Rostov" "Rubin"ni mag'lub etdi, SHomurodov gol urdi

Rossiya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Rostov" - "Rubin" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


"ROSTOV" – "RUBIN" 2:1  
25 avgust, 21:00, "Rostov-Arena" stadioni.
Bosh hakam — Vitaliy Meshkov (Dmitrov)

Gollar: Evgeniy Markov 15, - 0:1. Eldor SHomurodov 29, - 1:1. Aleksandr Saplinov 87, - 2:1.

"ROSTOV": Egor Baburin, Aleksey Kozlov, Ragnar Sigurdsson, Dmitriy CHistyakov, Evgeniy CHernov, Danil Glebov (Aleksandr Zuev, 75), Matias Normann, Roman Eremenko, Aleksey Ionov (Arseniy Logashov, 90), Aleksandr Saplinov (Aleksandr Dolgov, 90+2), Eldor SHomurodov.
Zaxira: Daniil Frolkin, Sergey Pesyakov, Macey Vilyush, Dennis Xadjikadunich, Danila Proshlyakov,

"RUBIN": Yuriy Dyupin, Oleg Danchenko, Konstantin Pliev, Egor Sorokin, Danil Stepanov, Evgeniy Bashkirov (Kamil Zakirov, 88), Vyacheslav Podberezkin (Xvicha Kvaracxeliya, 44), Igor Konovalov, Zuriko Davitashvili, Beka Mikeltadze (Nikita Makarov, 89), Evgeniy Markov.
Zaxira: David Volk, Ivan Konovalov, Karl Starfelt, Vitaliy Denisov, Ilya Agapov, Roman Akbashev, Maksim Sedov, .


FC Rostov

Eldor Shomurodov - 29', Aleksandr Saplinov - 87'

Premier League . 7-tur

25/08/2019, 22:00

1
:
2
Tugadi

Rubin Kazan

Evgeni Markov - 15'

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
29'  Eldor Shomurodov
76'  Danil Glebov (Aleksandr Zuev)
87'  Aleksandr Saplinov
87'  Evgeny Chernov
90'  Eldor Shomurodov
90'  Aleksey Ionov (Arseniy Logashov)
90'  Aleksandr Saplinov (Alexander Dolgov)
15'  Evgeni Markov
15'  Vyacheslav Podberyozkin
44'  Vyacheslav Podberyozkin (Khvicha Kvaratskhelia)
88'  Yevgeni Bashkirov (Kamil Zakirov)
89'  Beka Mikeltadze (Nikita Makarov)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Rostov" o'z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni qo'shib qo'ydi. Eldor SHomurodov esa gollari sonini 5taga etkazib oldi

90+2. O'zgarish. "Rostov". Aleksandr Saplinov o'rniga Aleksandr Dolgov,

90+1. Ogohlantirish. "Rostov". Eldor SHomurodov raqibga nisbatan xavfli o'ynagani uchun sariq oldi

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. O'zgarish. "Rostov". Aleksey Ionov o'rniga Arseniy Logashov

89. O'zgarish. "Rubin". Beka Mikeltadze o'rniga Nikita Makarov

88. O'zgarish. "Rubin". Evgeniy Bashkirov o'rniga Kamil Zakirov

87. GOL! Aleksandr Saplinov 2:1. "Rostov" baribir o'z niyatiga etdi. Evgeniy CHernov chap qanotdan to'pni uzatdi, Saplinov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi

83. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 35 mingdan ziyod muxlis kelgan 


82. Beka Mikeltadzening zarbasini "Rostov" posboni Baburin ushlab oldi

79. "Rostov" futbolchilari charchashdi va oddiy hujumlardan foydalanishmoqda. "Rubin" esa faqat himoyalanmoqda

75. O'zgarish. "Rostov". Danil Glebov o'rniga Aleksandr Zuev tushdi

69. ZARBA! Bu safar havolatib uzatilgan to'pni CHistyakov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

68. UXXXXXXXXXXXX! Aleksey Ionov o'ng qanotdan jarima maydoniga to'pni oshirib berdi, Eldor SHomurodovning bosh bilan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Dyupin qiyinchilik bilan qaytarib yubordi!

66. Ketma-ket ikki o'yinda gol urgan Evgeniy Markov hozir jarohat oldi, biroq shifokorlar yordamidan so'ng o'yinni davom ettira olishini bildirdi

61. Eremenko o'zi ishlagan burchak to'pini amalga oshirdi, ammo u oshirgan joyda hech kim yo'q edi

58. Evgeniy Markovning zarbasi yo'liga "Rostov" himoyachilaridan biri to'g'anoq bo'ldi

54. Roman Eremenkoning kuchli zarbasini yana Dyupin qaytardi

51. UX! "Rubin" posboni negadir maydon markazigacha bordi va noaniq to'p uzatishni amalga oshirdi, Eldor SHomurodov maydon markazidan darvozaga zarba berdi, biroq ancha noaniq chiqdi

46. Ikkinchi bo'lim boshida Eldor SHomurodov Vitaliy Denisov bilan ko'rishdi


46. Ikkinchi taym boshlandi



45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1

45+1. Eldor SHomurodov "Rubin" maydonida to'pga ega chiqdi, oldinga borishga urindi, biroq himoyachilarni undan to'pni olib qo'yishdi

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

44. O'zgarish. "Rubin". Vyacheslav Podberezkin o'rniga Xvicha Kvaracxeliya tushdi

42. Matias Normanning kuchli zarbasi noaniq ketdi

40. SHomurodov urgan golni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish va ko'chirib olish mumkin 


36. Roman Eremenko o'ng qanotda to'pni egallab jarima maydoniga uzatdi, Aleksandr Saplinov boshi bilan noaniq zarba berdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOV! 1:1

Barchasini SHomurodovning o'zi qildi. Maydon markazida raqibdan to'pni olib qo'ygan hamyurtimiz raqib jarima maydoniga kirib borib Konstantin Plievni aldab zarba berdi, to'p himoyachilardan biriga tegib darvozadan joy oldi.



26. Eldor SHomurodov diagonal pas bilan Aleksey Ionovni to'p bilan taminladi, uning to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

24. ZARBAAA! Hozir Aleksandr Saplinov yaqin burchakka kuchli zarba berdi, yana o'sha Yuriy Dyupin seyv namoyish etdi!

18. Roman Eremenko darvozaning uzoq yuqori burchagiga zarba berdi. CHiroyli gol bo'lishi mumkin edi, ammo Yuriy Dyupin ajoyib seyv namoyish etdi.

17. "Rostov" sal bo'lmasa hisobni tenglashtirishi mumkin edi, Valeriy Karpin shogirdlari ajoyib hujum tashkil etishdi. Eldor SHomurodovning zarbasini Yuriy Dyupin qaytardi, keyingi zarbani himoyachilar qaytarishdi. Roman Eremenko bo'sh darvozaga zarba berdi, Konstantin Pliev darvoza chizig'idan to'pni qaytardi!!!

15. GOL! Vyacheslav Podberezkin maydon markazidan Markovga ajoyib pas berdi, u Egor Baburin bilan birga bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochdi - 0:1.

12. Eldor SHomurodov "Rubin" jarima maydonida to'pni egallab Aleksey Ionovga to'p oshirdi, u Danil Glebovga to'pni tashladi, zarba yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi!

3. UXXXXXXX! "Rostov"ning hujumi, jarima maydoniga havolatib uzatilgan to'p Eldor SHomurodovga bordi, uning o'ng oyoqda to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Rossiya premer-ligasining 7-turidan o'rin olgan "Rostov" - "Rubin" uchrashuvidan matnli translyaciyani olib boramiz. Ikkala jamoa safida o'zbekistonlik futbolchilar faoliyat olib borishlarini juda yaxshi bilasiz. Mezbonlar safida Eldor SHomurodov asosiy tarkibda bo'lsa, qozonliklar tarkibida Vitaliy Denisov zaxiradan joy olgan. 

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика