So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

RPL. "Rostov" o'z uyida "Lokomotiv"ga mag'lub bo'ldi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

RPL. "Rostov" o'z uyida "Lokomotiv"ga mag'lub bo'ldi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi

"Rostov" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi RPLning 22-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rostov

Ivelin Popov - 64'

Premier League . 22-tur

15/03/2020, 21:00

3
:
1
Tugadi

Lokomotiv Moscow

Sergey Pesyakov - 34', Rifat Zhemaletdinov - 38', Grzegorz Krychowiak - 42'

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
54'  Dennis Hadzikadunic
64'  Ivelin Popov
86'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Saplinov)
86'  Baktiyor Zaynutdinov (Alexander Dolgov)
86'  Mathias Normann
34'  Sergey Pesyakov
38'  Rifat Zhemaletdinov
38'  Grzegorz Krychowiak
42'  Grzegorz Krychowiak
42'  Maciej Rybus
74'  Joao Mario (Stanislav Magkeev)
81'  Rifat Zhemaletdinov (Brian Idowu)
90'  Dmitri Barinov

"Rostov" – "Lokomotiv" 1:3 

"Rostov-Arena"

Gollar: 0:1 – 34, avtogol Pesyakov, 0:2 – 38 Jemaletdinov, 0:3 – 42 Krixovyak, 1:3 – 64, penalti Popov.

"Rostov": Pesyakov, Xadjikadunich, Kozlov, Osipenko, CHernov, Bayramyan (Saplinov, 86), Normann, Zaynutdinov (Dolgov, 87), Eremenko, Popov, SHomurodov.

"Lokomotiv": Gilerme, Ignatev, Kverkveliya, Xevedes, Ribus, Miranchuk, Krixovyak, Joau Mariu (Magkeev, 73), Barinov, Jemaletdinov (Idovu, 82), Eder.

Ogohlantirishlar: Xadjikadunich (54), Normann (86), Barinov (90).

 


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+1. Barinov markazga yaqin hududda Normannga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Hakam sariq kartochka ko'rsatdi.

88. Eryomenko standartdan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi, avvaliga to'p qaytarildi, keyin to'pni egallaga Popov darvozaga zarba berdi. To'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

84. "Rostov" hujum qilish, vaziyat yaratish uchun tinim bilmayapti, ammo aniq paslar kamligi tufayli hujumlar yakunlanmay qolmoqda.

76. SHomurodov "Rostov" burchak zarbasi ishlab berdi. Standart vaziyat Eryomenkoning zarbasi bilan yakun topdi. To'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, yana barchak zarbasi.

71. O'yinni tomosha qilish uchun stadionga 30 127 kishi tashrif buyuribdi.

67. Jemaletdinovdan yana bir xavfli zarba! Bu safar to'p darvoza to'sinining ustidan o'tib ketdi.

64. GOL! POPOV penalti orqali hisobni qisqartirdi! 1:3!

62. PENALTI! Krixovyak o'z jarima maydonchasi ichida Zaynutdinovni yiqitdi. Hakam qaror to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun VARga murojaat qildi.

60. Normann 25 metr uzoqlikdan "Loko" darvozasiga zarba berdi, rikoshet tufayli mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Standart ham moskvaliklar tomonidan bartaraf etildi.

57. Bayramyan to'pni SHomurodovga uzatdi, Eldor zarba berishga urindi, ammo "Loko" himoyachisi vaziyatni bartaraf etdi. "Rostov" vaziyatni burchak zarbalari bilan davom ettirmoqda.

50. SHomurodov to'pni raqib jarima maydonchasiga tashladi, Baxtiyor to'pga zarba berishga urindi, ammo raqib himoyachilari undan chaqqonroq chiqdi.

49. "Rostov" burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq mezbonlar bundan naf chiqara olishmadi.

48. Jemaletdinov "Rostov" darvozasiga zarba berdi, noaniq.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi. TANAFFUS!

42. YANA GOL! 0:3! Gjegoj Krixovyakdan dubl! "Temiryo'lchilar" birinchi bo'limning o'zidayoq raqibni yakson qildi.Qanotdan erlatib uzatilgan to'p markazda ochilgan Gjegojgacha etib bordi. Krixovyak osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

40. Zarba! Popov 15 metrdan zarba berdi, to'p to'ppa-to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.

38. GOL! Yana "Loko" gol urdi! Bu safar Jemaletdinov raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan chap oyog'i bilan to'pni darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi. Pesyakov to'pga eta olmadi va hisob 0:2 ko'rinishiga keldi.

34. GOL! Krixovyak! Krixovyakning dahshatli zarbasi golga aylandi. Yarim himoyachi 30 metrdan "Rostov" darvozasini nishonga oldi, Pesyakov to'pni qaytargandek bo'ldi, ammo to'p ustunga tegdi va yana darvozabonga tegib darvozaga kirib ketdi.

30. "Loko" futbolchisi o'z jarima maydonchasi yonida Zaynutdinovni yiqitdi va hakam xushtak chaldi. Bu qaror "temiryo'lchilar"ga yoqmadi, biroq referi qarorini o'zgartirmadi.

28. Joau Mariu "Rostov" darvozasiga kuchli zarba berdi, biroq noaniq.

26. SHomurodov raqiblaridan qochib ketishga urindi, ammo kutilmaganda u to'pni yo'qotib qo'ydi.

21. ELDOR! SHomurodov raqib jarima maydonchasi ichiga kirmay "Loko" darvozasiga zarba berdi, posbon to'pni egallab oldi.

18. Krixovyak uzoqdan "Rostov" darvozasiga zarba berdi, Pesyakov esa to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi.

17. To'p uchun kurashda Eldorning butsasi echilib ketdi, o'sha vaziyatda hamyurtimiz ofsaydda qolib ketgan ekan.

16. SHOMURODOV!!! Eldor Eryomenkoning uzatmasini to'xtatmay darvozaga yo'lladi, Gilerme seyv ijro etib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.

14. ZARBAAA! Ivelin Popov Kozlovning qanotdan uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga burdi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

12. Dastlabki daqiqalarda ko'proq "Rostov" to'pga egalik qildi va vaziyatlar yaratdi, "Lokomotiv" esa qarshi hujumga tayanib o'ynamoqda.

8. "Rostov" sardori Ivelin Popov uzoq masofadan "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, lekin raqib posboni Gilerme to'pni bir amallab egallab oldi. To'p darvozabonning qo'lidan chiqib ketganida SHomurodov hisobni ochishi mumkin edi.

5. Eslatib o'tamiz, ayni damda RPL to'purarlar jadvalida "Zenit" forvardi Artyom Dzyuba 13ta gol bilan etakchilik qilmoqda, vakilimiz Eldor SHomurodov esa 11ta gol bilan ikkinchi pog'onani band qilib turibdi.

2. Uchrashuvdagi dastlabki hujum Eldor SHomurodov tomonidan tashkil qilindi. Hamyurtimiz avvaliga to'pni chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga tashladi, "Loko" futbolchilari to'pni qaytarganidan so'ng, Eldor darvozani nishonga olishga urindi, ammo noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi!


- Jamoalar, muxlislar va hakamlar uchrashuvga tayyor. Koronavirus tarqalishi tufayli futbolchi va murabbiylar bir-biri bilan musht urishtirish salomlashishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика