“Rostov” joriy yildagi ilk transferni amalga oshirdi
09 jan 2020 19:20
Yangiliklar


“Rostov” joriy yildagi ilk transferni amalga oshirdi
“Tambov” himoyachisi Maksim Osipenko rasman “Rostov” azosiga aylandi.
25 yoshli futbolchi bilan kelishuv 4,5 yilga mo'ljallangan bo'lib, uning transfer summasi 700 ming evroga baholagan. Osipenko 2019 yil “Fakel” klubidan “Tambov” safiga o'tdi va shu vaqt oralig'ida jamoa libosida 17 o'yinda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.
Malumot o'rnida, ushbu futbolchi rostovliklarni yaqindagina tark etgan tajribali himoyachi Ragnar Sigurdssonga o'rinbosar sifatida olib kelingani aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar