"Rostov" "Jenoa"ning SHomurodov borasida bergan taklifiga javob beradi
29 sen 2020 15:34
Yangiliklar


"Rostov" "Jenoa"ning SHomurodov borasida bergan taklifiga javob beradi
Italiyaning "Jenoa" klubi haqiqatdan ham "Rostov"ga hujumchi Eldor SHomurodov bo'yicha taklif bergan.
Genuyaliklar 25 yoshli futbolchini 8 million evro evaziga xarid qilishga tayyorlar. "Rostov" esa "Jenoa"ning bu taklifiga rad javobini bermoqchi. Rossiya klubi bu mablag'ni kam deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya jamoasida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi. Forvardning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar