"Rostov" ECHLda, "Zenit" esa Evropa ligasida o'ynaydi
17 may 2016 01:10
Yangiliklar


"Rostov" ECHLda, "Zenit" esa Evropa ligasida o'ynaydi
"Rostov"ning "Ural" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng "Zenit" Evropa chempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi ikkinchi o'rinni qo'lga kirita olmasligi oydinlashdi.
Kelasi mavsumda endilikda Rossiyadan CSKA hamda "Rostov" jamoalari ECHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. "Zenit" esa Evropa ligasida o'z omadini sinab ko'radi. SHuningdek, "Spartak" jamoasi ham ushbu turda yirik hisobda zafar quchdi va ular Evropa ligasida yo'llanma beruvchi beshinchi pog'onani rasmiylashtirishdi.
"Zenit", "Krasnodar" hamda "Spartak" jamoalari Evropa ligasiga yo'llanma olishdi.
"Rostov"ning eronlik hujumchisi Sardor Azmunning "Ural" darvozasiga kiritgan yagona goli yakunda ularga ECHL yo'llanmasini taqdim etdi.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov o'ynaydigan "Lokomotiv" esa keyingi mavsumda evrokuboklarda ishtirok eta olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar