So’nggi yangiliklar

07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Rostov Arena” haqida malumot beramiz.

•    “Rostov Arena” guruh bosqichining 4ta o'yini va 1/8 final bosqich uchrashuvi bo'lib o'tadi
•    Stadion Don qirg'og'ining chap qismida joylashgan
•    Arena mundialdan so'ng, mahalliy futbol klubi “Rostov”nig asosiy stadioni bo'ladi


Aynan shu arenada besh karra jahon chempionlari Braziliya terma jamoasi yulduzlari turnirdagi birinchi o'yinlarini o'tkazishini takidlab o'tish lozim.

O'yinlar
“Rostov Arena” stadioni Jahon CHempionati guruh bosqichining 4ta o'yinini qabul qiladi. Aytib o'tganimizdek, Braziliya va SHveycariya aynan shu erda o'ziing turnirdagi ilk o'yinini o'tkazadi. SHuningdek, “Rostov Arena”da 1/8 finalning "G" guruh g'olibi "H" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoa bilan bahs olib boradi.

Imkoniyatlari
Jahon CHempionati-2018 uchun qurilgan “Rostov Arena” stadioniga 45 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.


Joylashgan o'rni
Rostov-na-Donu shahrining Don daryosi chap qirg'og'ida joylashgan stadion bir qarashdayoq hammani o'ziga maftun qila oladi. Muxlislar JCH-2018 vaqtida, Don daryosining qirg'og'ida, maroqli dam olishlari, milliy urf-odatlar bilan tanishishlari va ko'plab kafe hamda restoranlarda mahalliy taomlardan tatib ko'rishlari mumkin bo'ladi

Bilasizmi?
Jahon chempionatidan so'ng, shahar hokimiyati stadion joylashgan tumanni sport sog'lomlashtirish majmuasiga aylantirishni rejalashtirmoqda. “Rostov Arena”dan tashqari, unga greblachilar uchun kanal va suv sport turlari uchun akvatoriya, muz va gandbol komplekslari, ot sporti maktabi kiradi. Ushbu imkoniyatlardan nafaqat professional sportchilar, balki soha ishqibozlari, shu jumladan, talaba va o'quvchilar ham foydalanishi mumkin.


Dastlabki o'yinlar

Hozir “Rostov Arena”da Jahon CHempionati-2018ga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi ketyapti. “Rostov” futbol klubi Rossiya Premer-ligasining hozirgi mavsumida bir necha o'yinlarni uyda o'tkazishi rejalashtirilmoqda.

Meros
“Rostov” klubi Evropada o'tgan mavsumda ko'pchilikning etiboriga tusha oldi: Rossiya chempionatida 2-o'rinni egalladi va CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Guruhda Germaniya chempioni bilan bir guruhdan o'rin olgan "Rostok", kutilmaganda “Bavariya” ustidan g'alaba qozondi. Jamoa hozirgi kunda 15 000 tomoshabinga mo'ljallangan “Olimp-2” stadionida o'ynamoqda. Biroq, mundialdan so'ng, o'zining jonajon “Rostov Arena”siga qaytib keladi.


fifa.com saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика