Rostdanmi? Yirik hisobda g'alaba qozongan "Lokomotiv"ga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin
08 mar 2015 16:00
Yangiliklar

Rostdanmi? Yirik hisobda g'alaba qozongan "Lokomotiv"ga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin
Yangi qurib bitkazilgan "Bunyodkor" stadionida Superkubok uchun o'yin bo'lganidan xabaringiz bor.
Bunda "Lokomotiv" "Paxtakor" ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Lekin uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv"ga texnik mag'lubiyat yozilishi hamda jamoa Superkubokdan quruq qolishi mumkin. Bunga sabab o'tgan yil mavsumning oxirgi o'yini - O'zbekiston Kubogi finalida "Lokomotiv"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'lgan Jasur Hasanov qizil kartochka olib maydonni tark etgan.
Yaxshi bilamizki, mavsumning oxirgi bellashuvida qizil kartochka olgan futbolchi yangi mavsumning birinchi rasmiy o'yinini o'tkazib yuborishi kerak bo'ladi. Yangi 2015 yilgi mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi esa aynan Superkubok hisoblanadi. Bilasiz, bugungi o'yinda Jasur Hasanov qaydnomaga kiritildi va hatto zaxiradan Timur Kapadze o'rniga maydonga tushdi. Uchrashuv esa "Lokomotiv"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Xo'sh, bu borada PFL nima deydi? "Lokomotiv" Jasur Hasanovni maydonga tushirib, to'g'ri qildimi yo noto'g'rimi? Bu savolga keyinchalik atroflicha javob izlab ko'ramiz.

Fikrlar