Rossiyalik va angliyalik muxlislar yozda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin
27 mar 2018 16:57
Yangiliklar


Rossiyalik va angliyalik muxlislar yozda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin
Rossiya muxlislar klubi prezidenti Eduard Latipov Yaponiya va Angliya fanatlari bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish ishlari olib borilayotganligini malum qildi.
Uning gaplariga ko'ra, inglizlar bilan o'yin 28 iyun kuni Kaliningradda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
"Yaponiyaliklar bilan Sankt-Peterburg va Moskvada, inglizlar bilan esa Kaliningradda o'yin o'tkazmoqchimiz, biroq boshqa shaharlarni ham muhokama qilish niyatimiz bor. Hozircha hech kim bizning g'oyalarimizni rad etmadi. Undan tashqari, bu tashabbusni aynan Angliyadagilar boshlashdi", - dedi Latipov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar