Rossiyalik hujumchi uchun kurashga amaldagi ECHL g'olibi ham qo'shildi
14 iyu 2019 11:40
Yangiliklar


Rossiyalik hujumchi uchun kurashga amaldagi ECHL g'olibi ham qo'shildi
"Liverpul" jamoasi CSKA hujumchisi Fyodor CHalov uchun kurashga qo'shildi.
Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda. Manbaning malumotiga ko'ra, rossiyalik strayker uchun kurash avjiga chiqqan. 21 yoshli CHalov 20 mln. funtga (25 mln. dollar) baholanmoqda. Unga shuningdek, "Arsenal", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Bavariya", "Borussiya D", "Monako" va "Sevilya" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ammo, CHalov ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'ziga munosib klub izlamoqda. "Enfild" kabi stadionga ega jamoaning asosiy tarkibiga kirish rossiyalik iqtidorli futbolchi uchun oson bo'lmasligi aniq.
Qayd etish kerak, CHalov o'tgan mavsum Rossiya chempionati to'purari bo'ldi (30 o'yin, 15 gol, 7 ta assist).
O’xshash yangiliklar
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar