Rossiyalik futbolchi: “Ahmedov – “Real” darajasidagi o'yinchi. U va Diarra RPL tarixidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilar”
16 mar 2022 10:00
Yangiliklar


Rossiyalik futbolchi: “Ahmedov – “Real” darajasidagi o'yinchi. U va Diarra RPL tarixidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilar”
“Arsenal” (Tula) sobiq azosi Andrey Lyax faoliyatidagi eng qiyin raqiblar haqida gapirdi.
31 yoshli xavbek 2014/15 yilgi mavsum tulaliklar sharafini himoya qilgan va hozirda “CHayka” safida o'ynamoqda.
“Yarim himoyada Pereyra, Izmaylov, Ahmedovlar bo'lgan “Krasnodar” (qiyinchilik tug'dirgan). Ular butun o'yin davomida bizni xo'rlashgan, shunchaki axvolimizni og'irlashtirishgan.
Ahmedov – “Real” darajasidagi futbolchi. Juda kuchli o'yinchi. Bubnov (Aleksandr, sobiq futbolchi va murabbiy) tomonidan etirof etilgan yagona futbolchi. Fikrimcha, Rossiyada o'ynagan eng kuchli ikki tayanch yarim himoyachi bu Odil Ahmedov va Lassana Diarra”, deydi Lyax.
O’xshash yangiliklar
21:54
Ozarbayjon Premer-ligasi. "Sumqayit" mehmonda "Zira"ga mag'lub bo'ldi, Abdixoliqov gol urdi! 2

Fikrlar