So’nggi yangiliklar

00:55Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:50Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка" (онлайн ҳисоб)  7 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  0 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  26 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1

Rossiyalik ekspertimiz tomonidan Superliganing 9-turidan o'rin olgan o'yinlar tahlili: hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Yangiliklar

Rossiyalik ekspertimiz tomonidan Superliganing 9-turidan o'rin olgan o'yinlar tahlili: hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi?

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!") Superliganing 9-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

 «Buxoro» - «Metallurg»

VIDEO

Nazarimda, oyoq kaftini bunday yuzaki bosish penalti belgilash uchun etarli emas. Bundan tashqari, kontakt "Buxoro" o'yinchisiga to'laqonli sakrash uchun xalal bermagan. VAR vaziyatga aralashmasligi mumkin edi.


«Buxoro» - «Metallurg»

VIDEO

To'pning qo'lga tegishiga oid klassik vaziyat sodir bo'lgan. Qo'l tanaga yopishgan, himoyalanayotgan o'yinchi ikkala qo'lini ortiga yashirgan. VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qo'lgan, o'yin davom ettirilishi lozim.


«Buxoro» - «Metallurg»

VIDEO

SHubhasiz, sariq kartochkaga tortadigan holat sodir etilgan. Bunda chetlatish haqida gapirish noo'rin, chunki "Metallurg" futbolchisi ortda qolgan oyog'iga bilan raqibning to'pig'iga uriladi. "Buxoro" futbolchisi esa qaddini egib, maydonga yiqiladi. Albatta, to'pga tashlangan futbolchi oyog'ini ko'targan holatda to'g'ridan-to'g'ri raqibga hujum qilganda, qizil kartochka haqida so'z ochishimiz mumkin edi. VAR vaziyatga aralashmay, to'g'ri ish qilgan.


«Buxoro» - «Metallurg»

VIDEO

Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin: u hujumni buzgani uchun "Metallurg" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi, chunki bekobodlik futbolchining sherigi yaqin masofada joylashgandi hamda yuqori tezlikda to'p uchun kurash olib borayotgan o'yinchi bilan tengma-teng yugurib kelayotgandi. Bundan tashqari, darvozagacha bo'lgan masofa olis edi. Ko'rsatilgan sariq kartochka "Metallurg" azosi uchun ikkinchisi edi, lekin u to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatishga arzigulik emasdi. VAR epizodga aralashmay, to'g'ri qildi.


«Andijon» - «So'g'diyona»

VIDEO

Xuddi «Buxoro» - «Metallurg» uchrashuvidagi 3-epizod singari sariq kartochka ko'rsatishga loyiq vaziyat yuz bergan. "Andijon" futbolchisining oyoqlari yoyilmaygan, maysadan ko'tarilmagan, butsaning ost qismi bilan hujum qilmagan. Hujum boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo'g'in qismiga uyushtirildi. Bundan tashqari, «Andijon» o'yinchisining folga bo'lgan reakciyasidan uning qilgan ishini tushunib etganini sezish mumkin. Hakamning ziddiyatni oshib borishiga yo'l qo'ymaganini qayd etish joiz. VAR vaziyatga xalaqit bermay, to'g'ri ish qildi.


«Andijon» - «So'g'diyona»

VIDEO

Hakamning o'yinni davom ettirish kerakligi to'g'risidagi qaroriga qo'shilaman. Stop-kadrda hujumchiga ort tomondan oyoq bilan teginishga oid kontakt borga o'xshab ko'ringan. Ammo dinamika bo'ylab qaralganda, «Andijon» hujumchisining biroz egilgani hamda «So'g'diyona» himoyachisi esa unga tegmagan holda to'xtamasdan o'tib ketganining guvohi bo'lish mumkin. Yani, «So'g'diyona» futbolchisi raqibiga yuzaki tegib ketgan bo'lishi mumkin, ammo bu penalti belgilash uchun etarli emas.


 «Bunyodkor» - «Olimpik»

VIDEO

Hujum qilayotgan «Olimpik» futbolchisi kontakt oqibatini bo'rttirib yuborgan — katta ehtimol bilan, hatto uning yuziga teginish bo'lmagan, chunki «Bunyodkor» himoyachisining cho'zilgan qo'li bo'yin qismidan yuqori emasdi. O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror, ammo VAR vaziyatga aralashmasligi kerak edi.


«Bunyodkor» - «Olimpik»

VIDEO

Menimcha, hakam «Olimpik» futbolchisini raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun maydondan chetlatishi kerak edi: qoidabuzarlik vaqtida mehmonlar himoyachisining sherigi chetroqda edi, «Bunyodkor» hujumchisi esa to'pga keyingi teginishda raqib darvozasini ishg'ol qilish imkoniyatiga ega bo'lardi. VAR vaziyatga aralaymash, xato qildi.


 «Bunyodkor» - «Olimpik»

VIDEO

Hakam o'yinni davom ettirib, VAR esa vaziyatga aralashmagan holda to'g'ri ish qildi. Bu vaziyatda elkama-elka kurash ro'y berdi. To'g'ri, bu erda raqibni surish effekti mavjud, ammo bu qoidadan chetda emas.


«Turon» - «Paxtakor»

VIDEO

Ushbu rakursdan odatiy oyoq chalish holatiga juda o'xshash holat sodir etilgan. Himoyachining to'pga o'ynashga ulgurmagani aniq. Bunda sariq kartochka ko'rsatilmagan holda penalti belgilash o'rinli. Hakamning yaxshi poziciya tanlaganini qayd etish joiz.


 «Turon» - «Paxtakor»

VIDEO

Hakam penaltini to'g'ri belgiladi. Ko'rinib turibdiki, «Paxtakor» futbolchisi to'pga birinchi bo'lib o'ynagan. Keyin esa «Turon» himoyachisi oyoq tashlash orqali raqibni yiqitdi. Kontakt jarima maydoni ichida sodir bo'lgan. O'ylashimcha, VAR bu epizodda qoidabuzarlik jarima maydonchasidami yoki undan tashqarida ekanligini tekshirgan.


«Turon» - «Paxtakor»

VIDEO

O'yinni davom ettirish haqida to'g'ri qaror qabul qilingan. Hujum qilayotgan «Turon» o'yinchisi tizza qismida engil kontaktni his qilgan, so'ngra kurashda raqibning qo'l bilan harakatini holatni bo'rttirib yuborgan. VAR vaziyatga aralashmay, to'g'ri ish qilgan.


«Nasaf» - «Navbahor»

VIDEO

Agarda to'pning qo'lga tegish ehtimoli haqida gapiradigan bo'lsak, «Navbahor» himoyachisi bosh bilan o'ynash chog'ida to'p sezilar-sezilmas uning qo'liga tegib ketgan. O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror hisoblanadi. Ushbu qarorni kutilmagan effekt mavjudligi ham tasdiqlaydi - o'zini chetga olgan raqib futbolchisi tufayli to'p uchib chiqib ketdi.


«Surxon» - «Neftchi»

VIDEO

Menimcha, hakam penaltini to'g'ri holatda belgiladi. Takroriy vaziyatda «Neftchi» futbolchisining oyog'i biroz oldinda, «Surxon» o'yinchisining oyog'i esa uning ortida turganini guvohi bo'lish mumkin. Hujumchining orqasida bo'lgan himoyachi raqibi singari to'pga birinchi bo'lib teginishga harakat qilgan. Ehtiyotsiz qo'pollik sodir etilgan, VAR haqli ravishda vaziyatga aralashdi.


 OKMK – «Qizilqum»

VIDEO

Hakam yaxshi poziciyada joylashgandi hamda penaltini to'g'ri belgiladi. Ko'rinishidan, darvozabon birinchi bo'lib to'pga tegishga ulgurmagan, u qo'llari bilan qoida buzmaslikka harakat qilgan, biroq tizzasini boshqara olmaydi, shu bois raqib hujumchisini chalib yuboradi. Fol ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan.


OKMK – «Qizilqum»

VIDEO

Bahsli holat, lekin baribir men uchun sariq kartochka ko'rsatish varianti yaqinroq — to'p yuqorida bo'lgani sababli OKMK futbolchisi zarba yo'llashdan avval uni o'ziga bo'ysundirib olishi talab etilardi. Menimcha, bu gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish emas hamda vaziyat uchun «Qizilqum» himoyachisiga qizil emas, sariq kartochka ko'rsatish kerak edi.


SHu tariqa, hakamlar Superliga doirasidagi bahslarda 16 ta epizodda ikkita xatoga yo'l qo'yishdi, ulardan biri ("Bunyodkor" - "Olimpik" o'yinida Farrux Muxtorov jarima maydonida chizig'ida qo'pollik ishlatgan vaziyat) qo'pol xato hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика