Rossiyalik ekspert Superliga 14-tur o'yinlaridagi hakamlik qarorlarini tahlil qildi
31 iyu 2023 17:28
Yangiliklar
Rossiyalik ekspert Superliga 14-tur o'yinlaridagi hakamlik qarorlarini tahlil qildi
Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) saytimiz uchun eksklyuziv ravishda Superliga 14-tur o'yinlaridagi eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.
✅ "Buxoro" - "Turon"
Bu erda darvozabonga bo'lgan hujumni ko'rmayapman. Yon chiziqdan amalga oshirilgan uzatmadan so'ng "Buxoro"ning ikki o'yinchisi darvoza jarima maydonchasi ichida turib, deyarli turgan joylaridan sakragan holda to'p uchun kurashishmoqda. "Turon" darvozaboni tezlik bilan ularga to'qnash keldi va hujum o'yinchilari bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi. Bu erda gapirish mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, hujumkor o'yinchilar kurash paytida tirsak yoki qo'llarini darvozabonga nisbatan ishlatishdimi? Kamera orqali xulosaga kelish qiyin, ammo bir qarashda hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qilgandek. Darvozabon ehtiyotsizlik bilan o'ynadi va bu epizodda gol bo'lganda, uni hisobga olish kerak bo'lardi.
❌ "Buxoro" - "Turon"
"Buxoro"ning ikkinchi raqamli o'yinchisiga so'zsiz sariq kartochka. Uning sherigi (99-raqam) to'pga "Turon" o'yinchisining oyoqlari orasidan tepgandek ko'rinmoqda. SHu bilan bir vaqtda "Buxoro"ning ikkinchi raqami qo'pol tarzda raqibning to'pig'iga ortdan bosib olmoqda. Zaxira hakami bu erda yordam berishi shart, bu uning ishi. Vaziyat bosh hakam uchun shiddatli bo'ldi, sababi u to'pni kuzatdi va to'p "Turon" o'yinchisidan yiroqlashgandan so'ng etiborini keyingi o'yin epizodiga qaratdi. "Buxoro"ning 2-raqam ostidagi o'yinchisini ogohlantirish kerak edi.
✅ "Buxoro" - "Turon"
Menimcha, hakam qizil kartochka berib, VAR esa vaziyatga aralashib to'g'ri qildi. Bu allaqachon jiddiy qoida buzishlarning "klassika"siga aylanib bormoqda: "Buxoro" o'yinchisida to'pga o'ynash xohishi yo'q edi. U to'pdan uzoqda edi, uning oyoqlari esa juda yuqori ko'tarilgandi. Tishlar bor va ular oyoqning himoyalanmagan qismiga jiddiy teksa, raqibga jarohat etkazish xavfi bor. So'zsiz qizil kartochka, hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
✅ "Buxoro" - "Turon"
Penalti to'g'ri belgilandi. Darvozaga orqasi bilan turib olgan hujumchining bunday harakat qilishini yaqqol kutmagan "Turon" himoyachisi tomonidan oddiy yiqitish. Himoyachi to'pga o'ynashga ulgurmayapti. Epizoddan so'ng hakam bilan bahslashgani uchun "Turon"ning boshqa bir o'yinchisiga sariq kartochka berilib to'g'ri qilindi.
✅ "Andijon" - "Nasaf"
"Andijon" o'yinchisi chetlatilib, VAR esa vaziyatga aralashib, to'g'ri qildi deb o'ylayman. Epizod biz biroz avval ko'rganimizga ("Buxoro" - "Turon" o'yinida) o'xshash: oyoq maysadan juda yuqori ko'tarilgan, tishlar bor, tezlik va tegish joyi - to'piq.
✅❌ "Andijon" - "Nasaf"
Translyaciyadan kelishmovchilikning boshlanishi, aniqrog'i folning o'zi tushmadi (buni katta ehtimol "Nasaf"ning 70-raqam ostidagi o'yinchisi amalga oshirdi). Keyinchalik "Andijon" o'yinchisi turmoqda va unga nimalardir demoqda, aynan uning reakciyalaridan so'ng kichik tartibsizlik boshlanmoqda. Hakam "Nasaf" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatib (u uchun ikkinchisi bo'ldi) to'g'ri qildi, ammo bunday vaziyatlarda kelishmovchilikning faqatgina faqatgina bir tomoni bilan kifoyalanib bo'lmaydi. "Andijon" o'yinchisiga ham sariq kartochka ko'rsatish talab qilinardi. Hakam bu borada xato qildi.
✅ "Olimpik" - "Paxtakor"
Hakam "Paxtakor"ning ikki o'yinchisiga ikkita sariq kartochka bergan holda bu vaziyatda to'g'ri ishladi. Birinchi fol etarli darajada qo'pol - folda qizil kartochka borligini ko'rish uchun qo'shimcha rakurslar yo'q. "Paxtakor" o'yinchisi oyog'ini maysadan yuqori ko'tarmoqda, tishlar bor, tezlik ham. Yagona engillashtiruvchi sabab "Olimpik" hujumchisining oyog'i erda turmaganligidir, ammo bu hal qiluvchi faktor emas. Ikkinchi sariq kartochka ham to'g'ri ko'rsatildi - bu erda istiqbolli hujum buzilishi va qo'pol o'yin bor. Hakam qoidalarga muvofiq, to'g'ri ish tutdi.
✅ "Olimpik" - "Paxtakor"
Menimcha, fol qo'pol chiqmadi. Ha, oyoqqa to'qnashuv bor, ammo bu shunchaki ehtiyotsizlik sabab fol. SHu bilan birga, yaxshi istiqbolli hujum bor edi: "Olimpik" o'yinchisi to'pni o'zidan qanot bo'ylab bo'sh hududga chiqardi va hujumning tezligi ham bor edi. SHu sabab, bu vaziyatda "Paxtakor" himoyachisiga istiqbolli hujumni buzgani uchun ogohlantirish berib to'g'ri qilindi deb o'ylayman (bu uning uchun ikkinchisiga aylandi).
✅ "Neftchi" - "Metallurg"
Juda ham omadli rakurslar emas, ammo katta ehtimol bilan o'yinchilar o'rtasida minimal kontakt bo'lgan va "Neftchi" hujumchisining reakciyasi yaqqol yakkakurashga to'g'ri kelmaydi. "Metallurg" himoyachisi to'pga o'ynashga ulgurmadi, ammo hujumchi ham chap tomonga biroz harakatni amalga oshirdi, shu sabab hakamlarning qaroriga qo'shilgan bo'lardim. VAR boshqa rakurslar yo'qligi sabab vaziyatga to'g'ri aralashmadi.
✅ OKMK - "Surxon"
Birinchi navbatda, hakamlarning ajoyib ishiga etibor qaratgan bo'lardim. 75-daqiqa, o'yin tugashi, u esa maydonning boshqa bir yarmidan boshlangan hujumni tezlik olgan holda ajoyib tarzda kuzatib kelmoqda va shu sabab optimal poziciyani egalladi. "Surxon" o'yinchisining yiqilishiga kelsak, kontakt bor, ammo u sezilarsiz. To'pdan biroz "ishqalanish" effekti bor, OKMK himoyachisi biroz yon tomonda turibdi. Hozirda butun dunyo bo'ylab yakkakurashlar darajasi ko'tarilayotganini inobatga olib, o'yinni davom ettirish qarorini to'g'ri deb hisoblayman.
✅ "Qizilqum" - "Navbahor"
Hakam 11 metrlik nuqtani belgilab to'g'ri qildi. Oddiy vaziyat, ehtiyotsizlik sabab fol: "Navbahor" o'yinchisi biroz noaniq o'ynadi va to'pga birinchi bo'lib ulgurmadi va raqibini yiqitdi. Bu erda sariq kartochka talab qilinmaydi.
❌ "Qizilqum" - "Navbahor"
Menimcha, bu erda o'yinni davom ettirish kerak edi. Yakkakurash qo'pol emas, belga itarish yo'q. "Elkama-elka kurash", shuningdek to'pdan ishqalanish effekti bor. SHuningdek, "Qizilqum"ning ikki futbolchisi tomonidan to'pga vizual tarzda nazorat qilish va uni egallashga bo'lgan harakat bor, to'p ularning har biridan o'yin masofasida joylashgan. Menimcha, VAR bunday vaziyatlarga aralashishi kerakmas. Hakam "Navbahor" foydasiga penalti belgilab xatoga yo'l qo'ydi.
✅❌ "Bunyodkor" - "So'g'diyona"
Bu vaziyatda "So'g'diyona" o'yinchisi hakamni aldashga urindi. U o'zi va darvozabon o'rtasidagi minimal kontaktni yaqqol oshirib ko'rsatdi. "Bunyodkor" darvozaboni to'pga ulgurmasligini ko'rmoqda va qo'llarini tortmoqda. Biroz "sirpanish" bor, ammo bu o'sha "So'g'diyona" hujumchisining maysaga yiqilib, uni his qilishiga sabab bo'lgan minimal va tabiiy kontakt. Menimcha, simulyaciya uchun sariq kartochka va erkin zarba berish kerak edi.
Fikrlar