So’nggi yangiliklar

14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  6 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Rossiyaga safar. 2-kun. Aktobedan Samaraga Yangiliklar

Rossiyaga safar. 2-kun. Aktobedan Samaraga

Teglar :  JCH-2018
Kuni kecha “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari va men Rossiya mamlakatida bo'lib o'tayotgan jahon chempionatiga borish uchun avtomobilda safarga chiqqan edik.

Kecha Qozog'istonning Aktobe shahriga etib keldik  va bir kecha ushbu shaharda tunab qoldik. Barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari  yaxshi bilishadi, hamyurtimiz Aleksandr Geynrix Aktobe shahrining “Aktobe” jamoasida faoliyat olib borgan. Geynrix futbolchilik faoliyatinii yakunlaganidan so'ng ushbu jamoada sport direktori lavozimida ish boshladi. Biz ushbu futbolchi bilan bog'lanishga erishdik. Afsuski, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi bilan uyushtirilishi rejalashtirilgan intervyu ayrim bir sabablarga ko'ra amalga oshmay qoldi. 

Nachora o'zbekistonlik futbolchi bilan safarimiz yakunida intervyu uyushtirishga yana bir bor urinib ko'ramiz. Biz bu bilan cheklanib qolmadik, aksincha, “Aktobe” jamoasining uy uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionga borib u erni ko'zdan kechirishga muvaffaq bo'ldik. Aktobe shahriga qilgan safarimiz qisqa bo'lgani sababli bu er haqida to'liq malumotga ega bo'lmadik. Bu erning ayrim insonlari bilan suhbatlashganimizda ular bizning milliy taomlarimiz, tarixiy shaharlarimiz va bobokalonlarimizni tilga olib o'tishdi. Qaysidir manoda ushbu shahar menda iliq taassurot qoldirdi. 

Guruch kurmaksiz bo'lmaydi deyishganidek ushbu shaharda ham kamchiliklar yo'q emas ekan. Bu erda juda ham ko'plab insonlar biz bilan suhbat qurishni, fikr almashishni istashmadi. Bir so'z bilan aytganda ular bilan muloqot qilishning deyarli iloji bo'lmadi. Bizning maqsadimiz bu emas, safarimizning asosiy maqsadi jahon chempionatini Rossiya mamlakatidan eksklyuziv tarzda saytimizda yoriitib borish. SHu maqsad sari tushlikdan so'ng navbatdagi manzilimiz tomon yo'lga chiqdik. Bizni oldinda Samara shahri kutmoqda.

Jahongir Sotvoldiev Aktobe shahridan maxsus.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика