So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Rossiyada stadionlarni JCH-2018ga tayyorlash davom etmoqda (FOTO) Yangiliklar

Rossiyada stadionlarni JCH-2018ga tayyorlash davom etmoqda (FOTO)

Kelasi yil Rossiyaning 12ta stadionida jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Hozirda ettita stadionda ish qizg'in davom etmoqda. "Rostov Arena" va "Nijniy Novgorod" stadionlariga yaqinda chim yotqizildi. Jahon chempionati bahslarini o'tkazish uchun beshta stadion deyarli tayyor. Endi qolgan ettita o'yingohni har tomonlama mukammal holatga keltirish talab etiladi. 

Havo birmuncha iliq bo'lgani uchun "Ekaterinburg Arena"dagi maysa ancha bo'y cho'zib qoldi. Mutaxassislar shuningdek, "Kaliningrad" stadioniga ham maysa yotqizmoqchi, lekin bu ish keyingi haftaga qoldirildi. Hozirda stadionni vazni 15 ming tonna bo'lgan metall bilan yopish ishlari olib borilmoqda. 

Ishchilar "Volgograd Arena"ning devorini yopib bo'lishdi, uning eng baland nuqtasi 49,5 metrni tashkil etdi. Endi 77 ming kv. metrdan iborat tomni yopish qoldi xolos. "Mordaviya Arena"da esa 1496 kishi stadionni jahon chempionatiga shay holda keltirish uchun mehnat qilmoqda.

Xullas hamma joyda stadionlarni mundialga tayyorlash davom etyapti. Mutaxassislarning aytishicha, jahon chempionatiga qadar barcha stadionlar risoladagidek bo'ladi. 


"Mordaviya Arena"da qurilish ishlari davom etmoqda


"Samara Arena" atrofini kranlar o'rab olgan



"Rostov Arena"ning tomi deyarli yopib bo'lindi



"Kaliningrad Stedium"da ham ish qizg'in ketmoqda



Tez orada Nijniy Novgorodda ham hashamatli stadion barpo etiladi 



Ekaterinburgdagi stadionning yuqoridan ko'rinishi



"Volgograd Arena" shundoq daryo bo'yida qad rostlamoqda



"Lujniki" stadioniga yangi chim yotqizildi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика