Rossiyada chempionat boshlandi. Kimlarni kuzatamiz?
16 iyu 2017 11:47
Yangiliklar
Rossiyada chempionat boshlandi. Kimlarni kuzatamiz?
Malumki, premer-ligada 16ta jamoa ishtirok etadi va kechagi kunda uchta o'yin o'tkazildi.
Biz bu mavsumda ham Rossiya chempionatini kuzatib boramiz, chunki to'rt nafar hamyurtimiz ushbu turnirda faoliyat olib bormoqda. Xususan, Vitaliy Denisov anchadan beri "Lokomotiv" Moskva tarkibida to'p surib kelmoqda. Vadim Afonin bu yil "Anji" safiga borib qo'shildi, Vagiz Galiulin esa "Tosno" yarim himoyachisi hisoblanadi.
Yana bir hujumchimiz Eldor SHomurodov kuni kecha "Rostov" bilan shartnoma imzolash maqsadida Rossiyaga yo'l oldi. Lekin hozircha rostovliklar sayti SHomurodov borasida hech narsa yozishgani yo'q.
Rossiyada biz kuzatadigan futbolchilar:
"Anji" - Vadim Afonin
"Lokomotiv" - Vitaliy Denisov
"Rostov" - Eldor SHomurodov

"Tosno" - Vagiz Galiulin
Kechagi o'yinlarda "Anji" o'z maydonida CSKAga yutqazib qo'ydi. Bunda Vadim Afonin to'liq harakat qildi. SHuningdek, Vagiz Galiulin jamoasi ham mag'lubiyatga uchradi. "Tosno" - "Ufa" 0:1. Galiulin to'liq o'ynadi. "Lokomotiv" esa 1-tur uchrashuvini o'z maydonida "Arsenal"ga qarshi 18 iyul kuni o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar