Rossiya Superkubogi-2019. Azmunning dubli "Zenit"ga yordam bermadi
06 iyu 2019 23:18
Yangiliklar


Rossiya Superkubogi-2019. Azmunning dubli "Zenit"ga yordam bermadi
Bahsda hisob o'yinning boshida «temiryo'lchilar» forvardi Fyodor Smolov tomonidan ochildi. Keyin esa eronlik hujumchi Sardor Azmun katta sahnaga chiqib, avvaliga, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda, undan so'ng, ikkinchi taym boshlarida gol urib, hisobni 2:1 ko'rinishiga olib keldi. O'yin tugashiga oz vaqt qolganida «Loko» yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk ham o'z hisobiga dubl rasmiylashtirib, jamoasiga musobaqaning uchinchi titulini olib keldi.
Zenit – Lokomotiv 2:3 (1:1, 1:2)
«VTB-Arena»
Gollar: 0:1 – 6 Smolov, 1:1 – 45 Azmun, 2:1 – 52 Azmun, 2:2 – 78 Miranchuk, 2:3 – 81 Miranchuk.
Zenit – Lunev, Rakickiy, Ivanovich, Smolnikov, Jirkov, Ozdoev, Noboa (Eroxin, 46), Rigoni (Mak, 86), Dzyuba, Azmun (Djordjevich, 77), Driussi.
Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov (Idovu, 84), CHorluka, Rybus, Miranchuk, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Jemaletdinov (Eder, 67), Smolov (Kolomeycev, 90).
Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (19), Smolnikov (51), Ozdoev (68).
CHetlatish: Ozdoev (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar