Rossiya Superkubogi-2019. Azmunning dubli "Zenit"ga yordam bermadi

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019, 23:18
Rossiya Superkubogida mamlakat chempionatining 2018/19 yilgi g'olibi Zenit hamda Kubok sohibi Lokomotiv jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Bahsda hisob o'yinning boshida temiryo'lchilar forvardi Fyodor Smolov tomonidan ochildi. Keyin esa eronlik hujumchi Sardor Azmun katta sahnaga chiqib, avvaliga, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda, undan so'ng, ikkinchi taym boshlarida gol urib, hisobni 2:1 ko'rinishiga olib keldi. O'yin tugashiga oz vaqt qolganida Loko yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk ham o'z hisobiga dubl rasmiylashtirib, jamoasiga musobaqaning uchinchi titulini olib keldi.


Zenit – Lokomotiv 2:3 (1:1, 1:2)

VTB-Arena

Gollar: 0:1 – 6 Smolov, 1:1 – 45 Azmun, 2:1 – 52 Azmun, 2:2 – 78 Miranchuk, 2:3 – 81 Miranchuk.

Zenit – Lunev, Rakickiy, Ivanovich, Smolnikov, Jirkov, Ozdoev, Noboa (Eroxin, 46), Rigoni (Mak, 86), Dzyuba, Azmun (Djordjevich, 77), Driussi.

Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov (Idovu, 84), Chorluka, Rybus, Miranchuk, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Jemaletdinov (Eder, 67), Smolov (Kolomeycev, 90).

Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (19), Smolnikov (51), Ozdoev (68).

Chetlatish: Ozdoev (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia