So’nggi yangiliklar

16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  0 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  10 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2

Rossiya sport vaziri mamlakat futbol chempionatini terma jamoaga yordam berishni xohlamaslikda aybladi Yangiliklar

Rossiya sport vaziri mamlakat futbol chempionatini terma jamoaga yordam berishni xohlamaslikda aybladi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko mamlakat futbol premer-ligasi milliy chempionatning so'nggi turini nisbatan erta muddatga ko'chirishdan bosh tortgani yuzasidan o'z noroziligini bildirdi.

Bu haqda R-Sport xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, mamlakat chempionatining so'nggi turini nisbatan erta muddatga surish haqida futbol bo'yicha Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik Fabio Kapello, terma jamoani JCH-2014 bahslariga nisbatan yaxshiroq tayyorlash maqsadida so'ragan. Italiyalik murabbiy chempionatning so'nggi turini 18 maydan 11 mayga, mamlakat Kubogi finalini esa 8 maydan 17 mayga ko'chirishni so'ragan. Biroq 27 yanvar kuni Premer-liga ushbu iltimosni rad etdi.

Men buni aqlga sig'maydigan holat deb hisoblayman. Men klublarni hurmat qilaman, biroq mamlakat jahon chempionatida ishtirok etadi. Unga tayyorgarlik ko'rish uchun imkon berish kerak!, – dedi Mutko seshanba kuni. Vazirning so'zlariga ko'ra, u Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Nikolay Tolstix va Premer-liga prezidenti Sergey Pryadkin bilan suhbatlashgan. Mutkoning fikricha, ular Kapelloning iltimosini bajarish yo'lini topishadi.

28 yanvar kuni Rossiya chempionatining so'nggi turini boshqa sanaga ko'chirish masalasi Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo'mitasi majlisida muhokama qilinadi.

Rossiya terma jamoasi 2002 yildan beri birinchi marta futbol bo'yicha jahon chempionati bahslarida ishtirok etadi. Braziliyada bo'lib o'tadigan musobaqada ruslar Janubiy Koreya, Belgiya va Jazoir jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Qayd etish joiz, 24 yanvar kuni Rossiya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasini JCH-2014 final bosqichiga olib chiqqan italiyalik murabbiy Fabio Kapello bilan yangi, 2018 yilgi jahon chempionati oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi. Ushbu mundial Rossiyada bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика