Rossiya. Shomurodov gol urdi, "Rostov" durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2018, 20:48
Rossiya premer-ligasining 13-turida "Krasnodar" o'z uyida "Rostov"ni qabul qildi.

O'yinda hisobni o'zbekistonlik Eldor Shomurodov ochdi. (GOLNI TOMOSHA QILISH) Birinchi taymning o'zida mezbonlarni hisobni tenglashtirishdi. 72-daqiqada Ari dublga erishib "Krasnodar"ni oldinga olib chiqdi. Bahs oxirida Ingasonning goli "Rostov"ga bir ochko keltirdi - 2:2.

Eldor Shomurodov uchrashuvning 77-daqiqasiga qadar o'ynadi.



Rossiya chempionati

13-tur

Krasnodar – Rostov 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar:
0:1 – 7 Eldor Shomurodov, 1:1 – 16 Ari, 2:1 – 72 Ari, 2:2 – 81 Ingason.

Krasnodar – Sinicin, Petrov, Spayich, Martynovich, Stockiy, Pereyra (Kueva, 66), Kabore, Klasson, Gazinskiy, Vanderson (Ramires, 87), Ari (Ignatev, 77).

Rostov – Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Sigurdsson, Yusupov, Shadin, Guliev (Zuev, 65), Gackan, Sigurdarson (Ionov, 63), Eldor Shomurodov (Kyartansson, 77).

Ogohlantirishlar: Pereyra (56), Stockiy (90), Parshivlyuk (90).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia