So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Rossiya quyi divizionidagi Vagiz Galiulin haqida Yangiliklar

Rossiya quyi divizionidagi Vagiz Galiulin haqida

Rossiyada Premer-ligasidan keyin ikkinchi darajali musobaqa hisoblangan chempionat 1992 yildan boshlab muntazam o'tkazilib kelinmoqda.

Bu safar siz aziz futbol ixlosmandlariga deyarli butun faoliyati davomida Rossiya ichki birinchiliklaridan tashqariga chiqmagan hamyurtimiz Vagiz Galiulin haqida batafsilroq malumot beramiz.

Qadrlanmagan iqtidor

Vagiz Galiulin 1987 yilning 10 oktyabr sanasida O'zbekistonning Andijon viloyati, nomi tillarda doston so'lim, Asaka shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida 6 ta klub sharafini himoya qilgan. "Andijon" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Dastlab, 18 yoshida "Buxoro"ga ko'chib o'tgan futbolchi birorta o'yinda maydonga tushmadi va 2006 yil boshida Qozonning "Rubin" klubi ikkinchi jamoasida debyut qildi. Oradan to'rt yil o'tib, asosiy jamoaga jalb etilgan Galiulin 13 o'yinda bittadan gol va assistni amalga oshirdi. Qariyb yarim yildan so'ng, "Sibir"da bir mavsum ijara asosida 30 bahsda 3 ta golga hammualliflik qildi.

2014-2016 yillarda Ufa shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi jamoasida 35 o'yinda sheriklariga to'rtta samarali pas berdi. SHundan so'ng, yana ikki mavsum "Tosno"da yuqori saviyali o'yin namoyish etdi va 70 uchrashuvda maydonga tushgan holda 11 gol hamda 10 assist muallifiga aylandi.



Keyingi ikki yilni "Tambov" o'tkazgan vatandoshimiz 11 o'yinda bor yo'g'i bitta samarali uzatmani amalga oshirdi va lekin jamoasining elitaga qaytishiga mehnatkashligi bilan munosib ulush qo'shdi.

Hozirda joriy yilning 30 iyunidan "Nefteximik" safida 39 uchrashuvda 3 gol va 6 assist qayd etdi. Vagiz yuksak iqtidor sohibi. Ayniqsa, "Tosno"dagi kutilmagan tezkor reydlari, ajoyib fintlari-yu qoyilmaqom uzatmalari va albatta yorqin o'yinlari bunga isbot bo'la oladi.

SHuningdek, hamyurtimiz ayrim jihatlar xususan tashqi ko'rinishi bilan jahon yulduzi Lionel Messiga o'xshab ketadi. Uning chiroyli hamda nozik harakatlarini ham "o'zga sayyoralik"ning o'yin uslubiga qiyoslash mumkin. Futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 11 o'yin o'tkazgan. Ko'pchilik muxlis-u mutahassislar tomonidan kelajagi porloq bo'lishi taxmin qilingan Vagiz Galiulinga kelgusida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика