So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Rossiya. "Krasnodar" o'z maydonida "Ufa" va Oston O'runovni mag'lub etdi Yangiliklar

Rossiya. "Krasnodar" o'z maydonida "Ufa" va Oston O'runovni mag'lub etdi

Teglar :  Krasnodar Ufa
Rossiya chempionati 20-turi doirasidagi "Krasnodar" - "Ufa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Oston O'runov Rossiya chempionatidagi debyutini o'tkazayotgan bahsdan matnli translyaciyani kuzatib boring:

Krasnodar – Ufa 2:0

"stadion Krasnodar"

Gol: Berg (68), Ari (83).

Krasnodar – Safonov, Sorokin, Petrov, Ramires, Pantaleao, Olsson, Fernandesh, Utkin (Suleymanov, 57), CHernikov (Berg, 46), Vanderson, Ari.

Ufa – Belenov, Suxov, Nedelcharu, Tabidze, Yokich, Till (Terentev, 79), Aliev, Fomin, Urunov, Krotov (Agalarov, 69), Bizyak.

Ogohlantirish: Suxov (24), Petrov (45), Pantaleao (48), Olsson (58), Fomin (67), Vanderson (70), Belenov (83), Bombergar (85).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Oston O'runov debyut qilgan bahsda "Ufa" safarda "Krasnodar"ga mag'lub bo'ldi.

90+3. "Ufa" hujumga o'ta olmayapti. O'yin markazda kechmoqda.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. Qayta penaltida Ari adashmadi, 2:0!

81. YO'QQ!! Gol emas, Arining zarbasini darvozabon qaytardi. Nima?! Yana boshqatdan tepiladi penalti! Belenov darvoza chizig'ini tark etgandi. Daxshat o'yin bo'lyapti do'stlar!

80. Penalti! "Ufa" darvozasi tomon. Burchakdan oshirilgan to'pga Ari boshi bilan zarba bergandi. To'p Yokichning qo'liga tegib ketganiga penalti belgilandi.

79. UXXXX!!! Hakam VARni ko'rmoqda!

78. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!!! "Ufa"ning markazdagi xatosidan keyin Vanderson raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Belenovdan yana bir super seyv!

76. ZARBAAAAAAAA!!!! Bergning pasidan keyin Magomedshapi Suleymanov raqib darvozasi tomon xavfli zarba yo'lladi. Belenov qahramonlarcha zarbani qaytardi!

73. Suleymanov qulay nuqtadan oddiygina zarba yo'lladi. Belenov to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

71. Fominning zarbasi noaniq ketdi.

69. Bizyak yiqitildi. "Ufa"da ajoyib imkoniyat! Jarima zarbasi"

68. GOL! Berg darvozabondan qaytgan to'pga zarba berib, hisobni ochdi, 1:0.

67. Agalarovning zarbasini Belenov ushlab oldi.

66. UXXXXX!!! Oston O'runovning ajoyib pasidan keyin Bizyak raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.

64. "Krasnodar" o'z poziciyasini raqib jarima maydonchasiga yaqinlashtirmoqda. 

60. ZARBAAAAAAAA!!!!! Oston O'runov raqibidan to'pni olib qo'yib, zarba berdi. To'p himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi!!!!!! Juda xavfli vaziyat! Sal qoldi debyutant gol urishiga!

58. Oston yana tezkorlik bilan hujumga o'tayotgandi. Birinchi bo'limdagi kabi Olsson ikkinchi marta O'runovni yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

56. O'yin biroz jonlangandek ko'ringandi. Ammo tomonlar yana markazga ko'chishdi.

53. Oston O'runov o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibni yiqitdi. Jarima zarbasidan uzatgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

48. "Ufa" yana hujumga o'tayotgandi. Kayo Krotovni yiqitdi. Negadir "Ufa"ning hujumlariga effekt etishmayapti. Hujumga faqatgina uch kishi: Bizyak, Krotov va O'runov o'tmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Ikki jamoa vakillari stadionga qaytishdi. CHernikov o'rniga Markus Berg maydonga tushdi. Ha, u o'sha "Al Ayn" tarkibida o'ynagan shveciyalik Berg.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi.

45. "Ufa" tezkor qarshi hujumga o'tmoqchi edi. Oston O'runovni yiqitishdi. Oston biroz qiynalib o'rnidan turdi.

44. "Ufa" uzoq vaqt davomida hujumini rivojlantirdi. Nedelcharuning noaniq pasi esa hujumni buzdi.

41. "Krasnodar" tezkor qarshi hujumga o'tishga tayyorlanayotganda Oston O'runov fol ishlatdi. Umuman olganda to'g'ri qildi.

40. ZARBAAAAAAAAA!!!!! Krotovning o'ta havfli zarbasini Safonov qaytardiiiiiiii!!!!! Ajoyib vaziyat!!

38. Ari taxminan uchinchi marta markazdan raqib jarima maydonchasiga to'pni oshirmoqda. Uchalasida ham posbon to'pga ega chiqmoqda.

36. Hozircha uchrashuvdagi yagona zarba Oston O'runovga tegishli. Tomonlar birorta aniq zarba yo'llay olishmadi.

34. "Ufa" hujumga o'tdi. Lekin Suxov raqibi Kayodan o'ta olmadi.

31. O'yin zerikarli ko'rinish oldi. To'p asosan mezbonlarda.

28. Bizyak markazda bir himoyachini aldab o'tgandi. Keyinchalik Oston O'runov qulay nuqtaga ochilib borayotgandi. Ammo Bizyak to'pni hamyurtimizga oshira olmadi.

26. Vanderson hujumga o'tgandi. Bu safar uni Nedelcharu to'xtatib qoldi.

25. Taymning ekvatoriga qadar Oston O'runov o'zining ajoyib tomonlarini ko'rsatmoqda. Oxirigacha shunday bo'lishiga ishonib qolamiz.

24. Suxov o'z jarima maydonchasi yaqinida fol ishlatdi va sariq kartochka oldi. Fernandeshning jarimadan uzatgan to'pini Belenov ushlab oldi.

20. "Ufa"dan tezkor qarshi hujum. Oston O'runov to'pni raqiblaridan olib qo'ydi va tezkorlik bilan markazni bosib o'tdi. To'pni Suxovga oshirdi. U darvozaga noaniq zarba yo'lladi.

19. UXXXXX!!! "Krasnodar" futbolchilari Kampos hamda Utkin bir-birlari bilan pas o'ynab, "Ufa" jarima maydonchasi ichiga kirmoqchi bo'lishgandi. Himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

16. ZARBAAAAAAA!!! Suxovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Krotov chalqanchasiga zarba yo'lladi. Zarba noaniq ketgan bo'lsa-da, hakam offsayd qayd etdi.

14. ZARBAAAAAAAA!!! Oston O'runov o'z jarima maydonchasi yaqinida to'pni qabul qilib oldi va katta masofani bosib o'tib, 25 metrlardan zarba yo'lladi. Noaniq! Rus sharxlovchilari Ostonni maqtab qo'yishdi.

12. UXXXX!!!! Bizyak raqib jarima maydonchasi yaqinida yiqitildi" "Ufa"da qulay imkoniyat gol urish uchun!

10. Havfli vaziyattttt!!!!!! Manuel Fernandeshning jarimadan uzatgan pasiga CHernikov zarba bera olmadi!!! Uchrashuvda golga tortadigan ilk havfli vaziyat yuzaga kelgandi.

5. "Ufa" hujumga o'tdi. Biroq Bizyak fol ishlatgani uchun hujum to'xtab qoldi.

3. ZARBAAAAA!!!! Bizyakning zarbasi noaniq ketdi.

- Uchrashuv boshlandi!!!

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика