Rossiya klubi O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda
26 dek 2019 13:30
Yangiliklar


Rossiya klubi O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda
Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Gannover-96" himoyachisi Anton Valdemarga qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda tomonlar bitim shartlarini muhokama qilishmoqda. Xabar qilinishicha, klublar transfer puli borasida kelisha olishmayapti.
Anton Valdemar O'zbekistonda tug'ilgan, ammo uning oilasi Germaniyaga ko'chib o'tgan.
Futbolchi "Gannover-96" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda.
Valdemar joriy mavsum Germaniyaning ikkinchi Bundesligasida 16ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar