Rossiya klubi Habib Nurmagomedovga rasmiy shartnoma taklif qildi va bitim tez orada imzolanadi
03 iyu 2021 20:25
Yangiliklar
Rossiya klubi Habib Nurmagomedovga rasmiy shartnoma taklif qildi va bitim tez orada imzolanadi
“Legion Dinamo” prezidenti SHamil Laxiyalov so'zlariga ko'ra, UFC'ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov klub bilan shartnoma imzolaydi.
Klub Maxachqaladan bo'lib, Rossiya 3-divizionida qatnashadi.
“Habib Nurmagomedovning Instagram'dagi oxirgi bayonotidan keyin yaqin orada “Legion Dinamo” FK rahbariyatdagilar bilan shoshilnch yig'ilish o'tkazamiz. Kun tartibida: 1. 2021/22 yilgi mavsumga qo'yilgan maqsad va vazifa – yuqori divizonga ko'tarilish (motivaciya uchun) 2. Nurmagomedov Habib Abdulmanapovich bilan shartnoma imzolash. Faqatgina summani kiritish va imzo qo'yish qolgan. Keyingi qadam sen tomonda”, deb yozdi Laxiyalov o'z sahifasiga.
Fikrlar