Rossiya klubi Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Alipurga qiziqmoqda
27 iyu 2020 12:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583419_original.jpg)
![](/upload/storage/583419_220.jpg)
Rossiya klubi Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Alipurga qiziqmoqda
"Persepolis" hujumchisi Ali Alipur faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga qiziqayotgan klub nomi aytilmayapti. 25 yoshli o'yinchiga shuningdek Belgiyaning "Zyulte-Varegem" va Portugaliyaning "Rio Ave" klublari raqobat qilmoqda.
"Persepolis" ayni damda jiddiy moliyaviy muammolar qurshovida qolgan va klub o'yinchini sotish borasida rus klubi bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.
Alipur joriy mavsum Eron chempionatida va OCHLda 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi. Alipur Eron terma jamoasida 3ta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt forvardni 800 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar