Rossiya Evro-2020 oldidan 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
10 dek 2019 13:33
Yangiliklar


Rossiya Evro-2020 oldidan 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Rossiya terma jamoasi Evro-2020ga tayyorgarlik jarayonida kimlarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi malum bo'ldi.
Bu haqda RFI rasmiy sayti malum qildi.
Stanislav CHerchesov jamoasi 28 mart kuni SHveciya, 31 martda Moldova va 2 iyun kuni Polsha bilan o'ynaydi. Bu uchta uchrashuv mehmonda bo'ladi.
Rossiya 6 iyun kuni Serbiyani o'z uyida qabul qiladi. O'yin o'tkaziladigan vaqt va stadionlar keyinroq elon qilinadi.
Rossiya terma jamoasi Evro-2020da "B" guruhidan joy olgan. Ular keyingi bosqich uchun kurashda Belgiya, Finlyandiya va Daniya bilan kurashishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar