Rossiya chempionati. “Zenit” “Arsenal”ni mag'lub etdi va birinchi o'ringa ko'tarildi

14 sen 2020, 22:50
RPL 7-turida “Zenit” o'z maydonida “Arsenal”dan ustun keldi.

Uchrashuvda Mostovoy, Dzyuba va Eroxin kiritgan gollarga tulaliklar Kovalevning goli bilan javob qaytarishdi-3:1. 

Natijada “Zenit” ochkolari sonini 16 taga etkazib, tunir jadvalining 1-pog'onasiga ko'tarildi. “Arsenal” 14 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.

Zenit – Arsenal Tula 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 25 Mostovoy, 2:0 – 31 Dzyuba, 2:1 – 60 Kovalev, 3:1 – 86 Eroxin.

Zenit – Kerjakov, Duglas Santos, Krugovoy, Karavaev (Terentev, 90), Lovren, Barrios, Mostovoy (Sutormin, 84), Ozdoev, Malkom (Eroxin, 84), Dzyuba (Rigoni, 90), Azmun (Jirkov, 76).

Arsenal Tula – Nigmatullin, Belyaev, Bauer, Burlak, Gromyko (Panteleev, 58), Tkachev (Minaev, 89), Kangva, Kostadinov, Kangva (Adjoev, 90), Kovalev, Xlusevich (Sokol, 58).

Ogohlantirish: Burlak (21), Barrios (37), Xlusevich (45), Tkachev (79).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia