Rossiya chempionati muddatidan oldin yakunlanadi
06 may 2020 21:45
Yangiliklar
15 may kuni Rossiya futbol ittifoqining ijroiya qo'mitasi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan holatni hisobga olgan holda Rossiya chempionati joriy mavsumni muddatidan oldin tugatish bo'yicha qaror qabul qiladi.
2019/20 yilgi mavsumi chempioni deb esa “Zenit” tan olinishi kutilmoqda. Sergey Semak shogirdlari eng yaqin taqibchisi “Lokomotiv”dan 9 ochkoga ilgarilab ketgan.
Eldor SHomurov o'ynayotgan “Rostov” esa Evropa Ligasining kvalifikaciya bosqichiga yo'l olishi mumkin.
Avvalroq, RPL epidemiologik vaziyat mavsumni yakunlashga imkon bermasa, quyi divizionga hech qaysi jamoa tushib ketmasligi va yuqori liga ishtirokchilari soni 18taga etkazilishi haqda qaror chiqarishi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar