Rossiya chempionati. 2-tur sharhi
22 iyu 2019 19:08
Yangiliklar
Mazkur turda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Turning markaziy bahsida "Rostov" "Spartak" bilan to'qnash keldi. Murosasiz o'tgan o'yinda jamoalar ikkitadan to'p kiritishdi va yakunda durang natijasi qayd etildi.
Mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov to'liq o'ynadi. SHomurodov faol harakat qildi, gol urish uchun, jamoadoshlariga golli vaziyatlar yaratishda jonbozlik ko'rsatdi. Biroq yakuniy nuqtaga kelganda omad kelmadi.
FC Rostov Khoren Bayramyan - 23', Aleksandr Zuev - 90' |
Premier League . 2-tur 21/07/2019, 00:30 2
:
2
Tugadi
|
Spartak Moscow Luiz Adriano - 25', Georgiy Dzhikiya - 66' |
Stadion: Rostov Arena
Natijada "Rostov" va "Spartak" o'zaro bahsda mavsumdagi dastlabki durangga imzo chekishdi hamda ilk bor ochko yo'qotishdi.
"Ufa" hamda "Krasnodar" o'rtasida bellashuv dramatik tarzda o'tdi. Maydon egalarining tezkor ikkita goliga "Krasnodar" vakili Yunus Namli tanaffusga qadar bitta gol bilan javob berdi. Ikkinchi taymda esa "Krasnodar" xarakter ko'rsatdi va yakunda irodali g'alabani tantana qildi.
FC Ufa Catalin Carp - 29', Jemal Tabidze - 40' |
Premier League . 2-tur 20/07/2019, 17:05 3
:
2
Tugadi
|
FC Krasnodar Younes Namli - 49', Tonny Vilhena - 73', Jemal Tabidze - 86' |
Stadion: Neftyanik Stadium
Yana bir kutilmagan natija qayd etilgan bellashuv Samarada bo'ldi. "Krilya Sovetov" mehmoniga aylangan "Arsenal" safarda muhim g'alabani rasmiylashtirdi. Jami 5ta gol kiritilgan bahsda Igor CHerevchenko jamoasi g'olibga aylandi. SHu tariqa Tulaning "Arsenal" jamoasi mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirgan bo'lsa, "Krilya Sovetov" dastlabki mag'lubiyatga uchradi.
Krylya Sovetov Samara Aleksandr Sobolev - 43', Taras Burlak - 56' |
Premier League . 2-tur 20/07/2019, 19:30 3
:
2
Tugadi
|
Arsenal Tula Sergey Tkachev - 22', Evans Kangwa - 24', Alexandru Tudorie - 52' |
Stadion: Cosmos Arena
Birinchi turda "Krilya Sovetov"dan mag'lub bo'lgan CSKA esa o'z uyida kechgan bahsda "Orenburg" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tdi. Mazkur o'yinda hamyurtimiz Vadim Afonin zaxiradan maydonga tushdi va 15 daqiqa harakat qildi. Biroq uning maydonga tushishi "Orenburg"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolmadi.
CSKA Moscow Nikola Vlasic - 30', Arnor Sigurdsson - 38' |
Premier League . 2-tur 20/07/2019, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
FC Orenburg Nikita Malyarov - 40' |
Stadion: VEB Arena
Ayni paytda turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan kamtarin "Ural" mazkur turda "Axmat"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Dmitro Parfyonov boshqaruvidagi "Ural" raqib darvozasiga javobsiz uchta gol yo'lladi va bu g'alaba orqali peshqadamlikni mustahkamladi.
Ural Vladimir Iljin - 45', Othman El Kabir - 58', Yuri Bavin - 78' |
Premier League . 2-tur 21/07/2019, 17:00 0
:
3
Tugadi
|
FK Akhmat |
Stadion: Ekaterinburg Arena
Debyutant "Tambov" esa birinchi turda amaldagi chempion uyiga safar qilgach endi poytaxtga, yani Kubok va Superkubok egasi bo'lmish "Loko" bilan kuch sinashdi. Aleksandr Grigoryan jamoasi garchi dastlab hisobni ochgan bo'lsada, bahs yakuniga qadar "Loko" vaziyatni o'zi tomon yumshatishga erishdi.
Lokomotiv Moscow Eder - 31', Vladislav Ignatiev - 33' |
Premier League . 2-tur 21/07/2019, 19:30 1
:
2
Tugadi
|
FC Tambov Mikhail Kostyukov - 6' |
Stadion: RZD Arena
Vitaliy Denisov o'tgan Qozonning "Rubin" jamoasi "Loko"dan keyin boshqa bir Moskva klubi "Dinamo" maydonida mehmon bo'ldi. Qayd etish kerakki, Denisov kutilganidek bahsni boshlang'ich tarkibda boshladi. Teng kurashlar ostida o'tgan bellashuvning birinchi bo'limida "Rubin" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi. Biroq shunga qaramasdan yakunda qozonliklar oxirgi daqiqalarda gol urib, muhim 3 ochko bilan ortga qaytishni uddalashdi.
Dinamo Moscow |
Premier League . 2-tur 21/07/2019, 22:05 1
:
0
Tugadi
|
Rubin Kazan Beka Mikeltadze - 90' |
Stadion: VTB Arena
Amaldagi chempion "Zenit" "Sochi" mehmoni bo'lgan uchrashuv orqali Rossiya premer ligasining 2-turiga yakun yasaldi. Mazkur bahsda Semak jamoasi ortiqcha qiyinchilik Azmun va Ozdoevlarning goli evaziga g'alabani tantana qildi.
PFC Sochi |
Premier League . 2-tur 22/07/2019, 00:30 2
:
0
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg Sardar Azmoun - 30', Magomed Ozdoev - 88' |
Stadion: Fisht Olympic Stadium
SHu tariqa Rossiya premer ligasining ikkinchi turidan keyin yo'qotishlarsiz ketayotgan "Ural" va "Zenit" peshqadamlikni bo'lishib turishibdi.
Debyutant "Sochi" va "Tambov"da esa hozircha ochko yo'q. Bu borada ularga "Orenburg" va "Ufa" sheriklik qilmoqda.
Rossiya chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz: Eldor SHomurodov, Vadim Afonin va Vitaliy Denisov mazkur turda ham o'yinga tushishdi. Faqatgina Afonin bahsga zaxiradan qo'shildi. SHomurodov va Denisov esa uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlab, bahsni to'liq o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov hisobida bitta gol mavjud. "Rostov"ning o'zbekistonlik hujumchisi birinchi turda "Orenburg" darvozasiga boshi bilan gol urib, jamoasi g'alabasiga o'z hissasini qo'shgandi.
Kelasi turda SHomurodov o'ynayotgan "Rostov" Tulaning "Arsenal" mehmoni bo'lsa, Afonin to'p tepayotgan "Orenburg" amaldagi chempion "Zenit"ni qabul qiladi. Denisov o'tgan "Rubin" esa bu turda o'z uyida "Axmat" bilan bellashadi.
Rossiya premer ligasining to'purarlar ro'yxatida hozircha "Krilya Sovetov" futbolchisi Aleksandr Sobolev 3ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Sobolev birinchi turda dubl qayd etib, ikkinchi turda bitta gol urdi.
Assistentlar ro'yxatida esa "Spartak"ning braziliyalik yarim himoyachisi Fernando ikkita golli uzatma bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar