So’nggi yangiliklar

23:56Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка". Таркиблар аниқ!  0 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  0 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:41Россия кубоги. ​Аббосбек Файзуллаев "Зенит"га қарши ўйинни захирада бошлади (онлайн ҳисоб)  8 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  22 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  9 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1

Roppa-rosa bir yil oldin yozilgan maqola Yangiliklar

Roppa-rosa bir yil oldin yozilgan maqola

Bugun 1 aprel munosabati bilan bundan bir yil avval yozgan maqolam esga tushib qoldi. Kimdir o'qigan, kimdir o'qimagan bo'lishi mumkin.

Bu yigitni ko'pchilik biladi, men uchun ukamdek bo'lib qolgan. Ish yuzasidan u nafaqat men, balki hamma bilan tortishaveradi, hech gapdan qolmaydi, siz haqsiz - men sizga tan berdim deganini aslo eshitgan emasman, doim o'zinikini maqullaydi. Birovga yoshing katta, birovga kichik demaydi, bitta gapda turib oldimi, oxirigicha o'sha fikrida qoladi. 

Uning o'ziga xos yo'nalishi bor. Eng ko'p "Nasaf" (so'nggi paytlarda "Paxtakor") va O'zbekiston terma jamoasi haqida yozishni yoqtiradi. "Bavariya"ning O'zbekistondagi #1 fanati. Tushidayam Noyer, Myuller, Robben deb alahsirab chiqadi. Oxirgi paytlarda "Paxtakor" haqida bot-bot maqola yozadigan bo'lib qolgan. CHunki "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tganlarga mehri bo'lakcha. 

Italiyada futbolchi bo'la olmaganlar jurnalist bo'lib etishar ekan. Bu yigitni ko'rib, bizda ham shundaymikin deb o'ylanib qolaman. CHunki u ham o'z paytida futbol o'ynagan. Yoshligidan "do'ppi"ning (Qarshida koptokni shunday deyishadi) orqasidan qolmay, ko'chalarni changitib yurgan. Keyin uni bolalar murabbiyi Evgeniy Smirnov payqab qoladi va o'z jamoasiga taklif etadi. Taklifdan boshi osmonga etgan g'ami yo'q bolakay maktabni ham esdan chiqarib ertasi kundan futbolga qatnay boshlaydi. 

Tez orada u o'z jamoasining eng etakchi o'yinchilaridan biriga aylanadi. Bolalikdan hujumda to'p tepgan emasmi, raqib darvozasiga gollarni qatorlashtirib tashlagani uchun "Nayza" laqabini orttirib oladi. CHunki uning tepgani gol bo'lardi. Qaramay tepsa ham to'p darvoza to'rida deyavering. Murabbiyi ham ikki-uchta o'yindan keyin uni ismi bilan chaqirmay qo'yadi, "Nayza" hujumga!" desa bo'ldi edi, shamoldek chopardi. 

Ammo futbolda jarohat degan bir "kemiruvchi" bor ekan, mana shu "qahramonimiz"ni futbolni ancha erta tugatishga majbur qildi. "Nayza" kerak bo'lsa "Nasaf" bilan shartnoma tuzgan, o'zining aytishicha, bir kuni Norqul Daminov xonasiga chaqirib qo'liga shartnoma tutqazgan emish. O'shanda mo'maygina pul yozilgan shartnoma imzolangan ekan. (Qaysidir yutuqdan keyin uyiga ikki kilo limon opketgan). 

Jarohatni deb bo'lajak yulduz futbolni tashlashga majbur bo'ldi va o'zini futbol jurnalistikasida sinab ko'rishga qaror qildi. Oyog'im to'p tepmasa ham qo'lim bilan futbol maydonini zabt etaman deb ahd qiladi. Lekin ishni nimadan boshlashni bilmay tentirab yurgan bir paytda bo'lajak ustozi Aziz Nuriy bilan tanishadi. Aziz Nuriy Qashqadaryoning eng obro'li sport jurnalistlaridan biri bo'lib, uni barcha birdek hurmat qilardi. O'z vaqtida "Qashqadaryo" va "Futbol favorit" gazetalarida o'tkir maqolalari bilan dong taratgan, kerak bo'lsa ko'plab murabbiylarning po'stagini qoqqan. 

Aziz Nuriy shu bolayam bekor yurmasin deb yoniga shogirdlikka oldi. Sekin-asta ish o'rgatdi. Aziz "Nasaf"ga o'tgach, sergap shogirdini birga ishlashga chaqiradi. "Aka, men maydonda "Nayza" edim, endi qalamim bilan ham "nayza" bo'laman, mana ko'rasiz", - deydi-yu shartta ustozining taklifiga labbay deb "Nasaf"ga boradi. Lekin "Nasaf"da biroz ishlagach, negadir zerika boshlaydi. Qarshi menga kichiklik qilyapti, yozgan narsalarim hammaga etib bormayapti deb o'ylaydi chog'i, oradan ko'p o'tmay qaydasan Toshkent deb poytaxtga otlanadi. 

Taqdir taqozosi bilan qaysidir yil men bilan tanishib qoldi. Men uni topganmidim, yo u menimi, to'g'risi esimda yo'q. Bir kuni sekin yoniga imlab, hech kimga aytmay yurgan sirini ochdi: "Aka, jurnalistika men uchun vaqtincha, aslida murabbiy bo'lmoqchiman, O'zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqishni xohlayman. Hali ko'rasiz, mendan zo'r murabbiy chiqadi. Matbuot anjumanlarida har bir aytadigan gapim iqtibosga aylanadi", dedi. 

Men nimayam derdim, omadini bersin. Niyati murabbiy bo'lish ekan, kim qarshilik qiladi? Boshida "S" licenziyasiga o'qishni boshlab olsa u yog'i birin-ketin ulanib ketaveradi. Keyin "V", undan keyin "A" va oxirida qarabsizki "Pro" ham cho'ntakda. Biror klubda ish boshlasa, keyin terma jamoaga ham navbat etib kelar. 

P.S. Bu maqolani bugun nega yana esladim? O'tgan yil shu kuni hazil-hazil bilan "Aka, meni maqtab yozsangiz butun ofisga choyxona mendan", degandi. Keyin men to'rt qator maqtov ekan, mendan ketsa ketibdi-da deb yozdim, saytga chiqardim ham. Lekin oradan bir yil o'tdi hamki, choyxona tugul ofisdagilarga aqalli ikkita somsa olib bergani yo'q. (Endi borini aytish kerak-da, yashirib nima qildim). Bu ketishda yana bir yil o'tadi-ketadi. SHovvoz ukamizning orzulari esa bir talay. 

X.Xoliqov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика