Ronalduning sobiq qiz o'rtog'i portugaliyalikni himoya qildi
10 okt 2018 11:54
Yangiliklar
Ronalduning sobiq qiz o'rtog'i portugaliyalikni himoya qildi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sobiq qiz o'rtog'i Raffaella Fiko ayolni zo'rlashda ayblanayotgan futbolchini himoya qildi.
"Bu haqida eshitib hayron bo'ldim. Ronaldu bilan munosabatlarimiz 11 oy davom etgan. U oddiy, o'zini bosib olgan yigit. U men bilan o'zini jentlmendek tutgan. Uyda u mashq qilardi, filmlar ko'rardi" - deydi Fiko.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorga Ronalduni zo'rlashda ayblagan edi. Malum bo'lishicha, portugaliyalik 2010 yilda qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar to'lagan. Bazi malumotlarga ko'ra, endi u futbolchidan yana 200 ming dollar olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar