Ronalduning opasi van Deykka munosib javob qaytardi
03 dek 2019 20:29
Yangiliklar


Ronalduning opasi van Deykka munosib javob qaytardi
"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru ukasini tanqid qilgan "Liverpul" futbolchisi Virjil van Deykka munosib javob qaytardi.
"Azizim, Virjil! Sen yillar davomida o'ynayotgan mamlakatda Ronaldu 3 karra chempionlikni qo'lga kiritganiga 10 yildan oshib ketdi. Senda esa hali ham titul yo'q. Sen o'ynayotgan ligada u to'purar va eng yaxshi futbolchi ham bo'lgan. Keyinchalik u boshqa davlatda boshqa bir klubning afsonasiga aylandi. "Real" shu yigit bilan finalda sening ustingdan g'alabaga erishdi. Millatlar ligasi finalida shu yigit "sening boshingga apelsin otdi".
Xo'sh, azizim Virjil! Uning bir o'zi ushbu mavsum davomida sening bir umrlik sovrinlaringdan ko'p sovringa ega chiqdi. Yoki noto'g'ri hisobladimmi?", - dedi Katya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar