Ronalduning opasi: “U soppa-sog'”
08 mar 2022 09:00
Yangiliklar
Ronalduning opasi: “U soppa-sog'”
Avvalroq, “Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduning son qismidan jarohat olgani sabab “Man Siti”ga qarshi o'yinda ishtirok etmaganini aytgandi.
Ronaldu derbida qatnasholmasligi aniq bo'lgani tufayli Portugaliyaga yo'l olib, jamoadoshlarini hayratda qoldirdi. Biroq, uning opasi Katya Aveyru futbolchining sog'lig'ida muammolar yo'qligini aytdi.
“Krishtianu Ronaldu soppa-sog', yuz foiz. Menga o'xshab Rangnikdan darg'azab bo'lgan barchaga xayrli tong, chunki u qandaydir himoyaviy rejalariga tayanib, KR7'ni zaxirada qoldirishga qaror qildi va bu yakshanba kuni barchaning hafsalasini pir qildi”, deydi Aveyru ukasi haqida.
Fikrlar