Ronalduning o'g'li bolalar turnirida eng yaxshi hujumchi bo'ldi
09 dek 2019 11:30
Yangiliklar


Ronalduning o'g'li bolalar turnirida eng yaxshi hujumchi bo'ldi
"Yuventus"ning bolalar jamoasi (9 yoshgacha bo'lgan bolalar) Trophee Cavour musobaqasida g'olib bo'ldi.
Turin jamoasi finalda "Keri"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Musobaqaning eng yaxshi hujumchisi "Yuventus" U9ning forvardi kichik Krishtianu Ronaldu bo'ldi.
Asosiy jamoa etakchisining o'g'li musobaqa davomida 3ta gol urishga erishdi.
9 yoshli futbolchi "keksa sinora" akademiyasida o'tgan yildan buyon o'ynab kelmoqda. Kichik Ronaldu 2019 yilning oktyabr oyi so'nggiga qadar 28ta o'yinda maydonga tushib, 58ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar