Ronalduning Jorjina bilan munosabatlari qanday boshlangani malum qilindi
28 jan 2022 20:28
Yangiliklar
Ronalduning Jorjina bilan munosabatlari qanday boshlangani malum qilindi
O'zaro munosabatlarning boshida Ronaldu Jorjinani ishxonasidan olib ketdi, u Gucci do'konida sotuvchi bo'lib ishlardi.
"Negadir u ishdan keyin meni olib ketish uchun keldi, tag'in "Bugatti"da! Hamkasblarim hayratda qoldi: men avtobusda keldim va "Bugatti"da ketyapman", — deya xotirlaydi Jorjina.
"Bu men uchun odatiy hol edi. U mening do'stim edi. Mening mashinalarim bor, shu bois uni taksida kuzatib qo'ymaymanku! Bu kulgili bo'lardi.
U do'kondan chiqib kelardi. Men esa hashamatli mashinalarimdan birida tashqarida kutyapman. U o'zini yosh bolalardek tutardi. U yugurib keldi, mashinaga o'tirdi va biz uyga jo'nadik. U kechgacha ishlardi.
Men boshida o'rtamizda bunday kuchli his-tuyg'ular paydo bo'ladi, uni sevib qolaman deb o'ylamagandim. Rostini aytsam, buni kutmagandim. Ammo bir qancha vaqt o'tgach, u men orzu qilgan qiz ekanligini his qildim", — dedi Ronaldu.
Fikrlar