So’nggi yangiliklar

07:33"Тоттенхэм" ва "Ювентус" Эндрикни ўз сафида кўрмоқчи  0 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" охирги дақиқада гол уриб, ПСЖдан ғалабани юлиб олди. "Арсенал" "Интер"га ютқазди  11 02:55ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" дарвозасига бешта гол урди, "Бавария" "Бенфика"ни мағлуб қилди ва бошқа натижалар  25 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  3 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  7 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  12 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  5 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  9 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  8 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  13 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  263 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  22 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1

Ronalduning davri o'tdimi yoxud taxminlar o'zini oqlamayapti Yangiliklar

Ronalduning davri o'tdimi yoxud taxminlar o'zini oqlamayapti

Oddiy ishqibozdan tortib, mutaxassislargacha Krishtianu Ronalduning jismoniy imkoniyatlari fantastik darajada ekanligini takidlashardi.

Ularning fikricha, portugaliyalik uzoq vaqt juda yuqori darajada o'ynay olishi va jahonning eng yaxshilaridan biri va xatto eng yaxshisi bo'lishi ham kerak edi. Ammo, lekin, biroq...

Bugun biz nimaga guvoh bo'layapmiz? Futbolchining o'yinida yaxshigina pasayish kuzatilmoqda. Krishtianu juda kuchli va o'z ishining ustalari bo'lgan jamoadoshlari mehnati sababli, hamon diqqat markazida qolmoqda.

1) Uzoq masofadan berilajak zarbalar. Bir vaqtlar “zambarak” bu borada ko'pchilikga “dars” berardi, lekin hozir go'yoki zarba berishni unutib qo'ygandek go'yo. Bu mavsum Ronaldu uzoq masofadan, chinakamiga uzoq masofadan, o'sha biz o'rganib ulgurgan kuchli zarbasi bilan gol urganini eslay olasizmi, ochig'i, men eslay olmadim. Vaholanki, mavsumning teng yarmi ortda qolib ulgurdi. Bu mayda-chuyda gap emas! Ishonmasangiz, Krishtianuning gollarini ko'rib chiqing, unaqasini topa olmaysiz!



2) Dribling. Avvallari Ronaldu dribling+tezlik formulasidan foydalanib raqiblarni “quruq qo'l” bilan qoldirardi. Hozir esa buni ko'rmayapmiz. Ko'p vaziyatlarda u to'pni shunchaki yaqinroqdagi sherigiga, yoki orqaroqdagi jamoadoshiga oshirib “qutulyapti”.

3) Yaratuvchanlik. Ronaldu MYU tarkibida harakat qilgan vaqtlarni bir eslang, bir olam hotiralar to'g'rimi? Yo'q joydan yaratilgan xavfli vaziyatlar, sheriklari gol urishiga bevosita yordam berish. Ammo bugun u chinakamiga markaziy xujumchiga aylandi. Bugun Ronaldu jamoadoshlari u uchun barcha ishni qilib berishlariga o'rganib qoldi. Ha, Portugaliya terma jamoasi sardorining golli oshirmalari ham etarli, ammo ularning ko'pi tasodifiy, yoki juda oddiy paslar. Yana bazi vaziyatlarda Ronaldu darvozaga zarba beradi va qaytgan to'pni uning sherigi golga aylantiradi. Buning nima ahamiyati bor, Ronniga golli pas yozildimi, yozildi.

4) Jarima zarbalari. O'z vaqtida Ronaldu jarima zarbalarini amalga oshirishda eng yaxshilar qatorida tilga olinardi. Hozir juda kam inson bu kabi fikrda bo'lsa ajablanmaymiz. Uning zarbasidan keyin to'p yo “jonli” devorga tegib qaytmoqda, yoki darvozadan ancha uzoqdan uchib o'tmoqda. Ronaldu darvozaga shunchaki aniq zarba berolmay qoldi. U bu ishni yuqori darajada qilishga urinishi, darvozabon qaytara olmadyigan qilib, zarba berishga intilishi boshqa masala. “Real Sosedad” darvozasiga jarimadan urilgan golni hisoblamasak, etirof etadigan zarba ham yo'qdek. Balki shu sababdir, oxirgi vaqtlarda jarima zarbalarini bazida Beyl amalga oshirmoqda.



5) Penalti. Bu borada Ronaldudan zo'ri yo'qdek edi. "Penaldu" laqabi ham o'z-o'zidan paydo bo'lmagan-ku. Lekin bu borada ham Ronaldu “oqsay” boshladi. To'g'ri mashhur futbolchilar ham xato qilganlar, ammo Ronni 99% vaziyatda adashmasdi! Bu ham ortda qoldimi? Oxirgi misol "Sosedad" bilan o'yin.

6) Muhim uchrashuvlardagi o'yini. Bechora “Granada”ga yoki “Rayo Valekano”ga gollarni “taxlab” tashlasa ham, chinakamiga kuchli raqiblarga qarshi to'qnashuvda Krishtianuni qidirib qolasiz... O'yin qovushmay, jamoani ortidan ergashtira oladigan etakchi zarur paytda, bu ishni boshqalar bajaryapti.

Xulosa qanday? Ronaldu shunchaki muntazam gol uradigan mashinaga aylanib qoldi. Ha, aynan mashina – shu erda etirof etish zarur, yaxshi dvigateli bor mashina. Dvigatel endi kim bo'ldi deyapsizmi? Dunyoning eng yaxshi pleymeykerlari: Beyl, Modrich, Xames, Kroos va Isko (albatta, boshqa jamoa futbolchilarini hurmat qilgan holda. Ular bizni to'g'ri tushunishadi deb umid qilamiz). Aynan ular sababli Ronaldu hamon - brend. Jamoadagilar Ronaldu o'ta qulay vaziyatda oyog'ini, yoki boshini to'g'rilab qo'yishi uchun tinmay mehnat qilayaptilar. Lekin o'sha dvigatel bo'lmasa biz “Barsa", PSJ va "Atletiko"ga qarshi uchrashuvlardagi Ronalduni ko'ramiz.



Mana uning bugungi kundagi holati! So'zimiz yakunida shuni aytib o'tmoqchimiz, ha, Krishtianu o'z ustida tinmay ishlaydi, doim kechadigan ko'ra kuchliroq bo'lishga intiladi. Uning o'z ishiga bo'lgan mehri va maqsadga qarab harakatlanishiga ko'pchilik, shu jumladan, bizning futbolchilar ham havas qilsa arziydi. Albatta, o'rnak olishsa ham zarar qilmasdi. Lekin bir necha yil avval aytilgan gaplar, Ronalduga berilgan tariflar o'zini oqlamayapti! Biz shunchaki vaziyatga nazar tashladik. Albatta, bu borada har kimning individual fikri bo'lishi tabiiy. Boshqalarni fikrini ham hurmat qilishingizni va muxlislar “El-klasiko”sini boshlab yubormasligingizni so'rab qolamiz.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика